So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

“Navbahor”ning strategiyasi o'zgaradi. Namangan viloyati hokimi: "Muxlis reglament va qoidalarga asosan muxlislik qilishi, jamoaning ichki ishlariga umuman aralashmasligi lozim" Yangiliklar

“Navbahor”ning strategiyasi o'zgaradi. Namangan viloyati hokimi: "Muxlis reglament va qoidalarga asosan muxlislik qilishi, jamoaning ichki ishlariga umuman aralashmasligi lozim"

Teglar :  Navbahor
Bugun “Navbahor” o'z uy uchrashuvlarini o'tkazadigan Namangan shahridagi “Markaziy” o'yingoh foyesida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti SHavkat SHokirjanovich Abdurazzoqov, Namangan shahar hokimi, “Navbahor” PFK prezidenti Olim Botirovich Isaev, “Navbahor” PFK vice-prezidenti Oybek Arifovich Samatov, shuningdek, “Navbahor” klubi rahbariyati, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilari, jamoaning faxriy hamda ashaddiy muxlislari ishtirok etishdi.

Yig'ilishni Namangan viloyat hokimi SHavkat Abdurazzoqov ochib, bu viloyat hokimi lavozimiga tayinlanganidan so'ng, “Navbahor” jamoasi bilan ilk, yani tanishuv uchrashuvi ekanligini takidlab o'tdi. So'ngra, SHavkat SHokirjanovich quyidagi so'zlarni gapirdi:


- Garchi tarkib bo'yicha Superliganing uncha-buncha jamoasidan qolishmasa-da, ancha mahoratli hamda tajribali futbolchilarga ega bo'lsa-da, “Navbahor” so'nggi 9 o'yindan buyon g'alaba qozona olmayapti. Bunga jamoa murabbiylari futbolchilarning ko'pchiligi koronavirusga chalinishgani va hokazo bahonalar keltirishdi.

Joriy mavsum boshida jamoaning oldiga Osiyo CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgandi. Biroq jamoa ko'p ochko yo'qotdi.

So'nggi 3 yil davomida, yani 2017 yildan joriy yilning martiga qadar “Navbahor” PFK prezidenti sifatida faoliyat olib bordim. O'sha paytdan, yani 2017 yildan boshlab, jamoada yosh futbolchilarga etiborni kuchaytirganimizda, hozirgacha 3 yil davomida ancha iqtidorli futbolchilar etishib chiqqan bo'lishardi.

Biroq biz “Navbahor”ni yuksaltirish, jamoaning sovrindorlar safidan joy olishi, OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritishi uchun harakat qildik. Lekin bu kutilgan samarani bermadi. Endi “Navbahor”ning strategiyasi o'zgaradi va asosiy etibor mahoratli yoshlarga qaratiladi.

Kelasi yildan jamoa sharafini faqat mahalliy yoshlar himoya qilishadi. Biz barcha namanganlik iqtidorli, yosh futbolchilarni qo'llab-quvvatlaymiz, investiciyani mahalliy yosh, iqtidorli futbolchilarni etishtirib chiqarish uchun yo'naltiramiz.

SHuningdek, Namanganimizning faxri bo'lgan mamlakatimizning taniqli futbolchisi Odil Ahmedov bilan hamkorlik qilamiz, maslahatlashamiz. Odil bilan qo'ng'iroqlashganimda, u futbolchilik faoliyatini “Navbahor”da yakunlashini, jamoa uchun qo'lidan kelganicha yordam berishga tayyor ekanligini takidladi.

Namangandagi barcha futbol maktablari va akademiyalari endi “Navbahor” tasarrufiga o'tadi hamda ushbu talim maskanlaridagi barcha futbolchilar eng avvalo “Navbahor” bilan shartnoma imzolashadi.

SHuningdek, muxlislarga ham shuni eslatmoqchimanki, muxlis reglament va qoidalarga asosan muxlislik qilishi, jamoaning ichki ishlariga umuman aralashmasligi lozim. Bundan buyon muxlislik qoidalarini buzganlar “qora ro'yxat”ga olinadi hamda umuman stadionga kiritilmaydi.

Men ham yoshligimda futbolga qatnaganman hamda futbolni juda yaxshi tushunaman. Futbolchi ham inson, ayrim vaziyatlarda adashadi. SHunday holatlarda o'yinchini himoya qilish o'rniga ayrim muxlislar uni haqorat qilishadi. Bu esa futbolchiga salbiy tasir ko'rsatadi.

Aksincha, futbolchini qo'llab-quvvatlash, sen eng yaxshi o'yinchisan, deya ko'nglini ko'tarish lozim. SHunda u yanada ruhlanib, o'yini “ochiladi”, - deydi SHavkat Abdurazzoqov. 



SHundan so'ng, SHavkat Abdurazzoqov “Navbahor” klubi rahbariyatida o'zgarish yuz berganligini takidlab, bundan buyon Oybek Samatov o'rniga akasi Otabek Samatov “Navbahor” PFK vice-prezidenti sifatida faoliyat olib borishini takidladi.

So'ngra, Namangan shahar hokimi Olim Isaev so'zga chiqib, viloyatimizdagi futbol maktabalarini rivojlantirish lozimligi, “Navbahor” barcha iqtidorli futbolchilar uchun tramplin vazifasini o'tashi lozimligini aytib o'tdi.

Bildirilgan fikrlar yuzasidan “Navbahor” jamoasi murabbiyi Mustafo Bayramov, jamoa sardori Azimjon Ahmedov, futbolchilar – Mirzohid G'ofurov va Davron Hoshimov, shuningdek, “Navbahor” muxlislari raisi Abdullo Ahmedov, bloger Farhod Umaralievlar so'zga chiqib, yosh futbolchilarga etiborning kuchaytirilishi “Navbahor”ning kelajagi uchun puxta zamin hozirlashini qayd etishdi.

SHu tariqa yig'ilish o'z yakuniga etdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика