“Navbahor”ning sobiq massajchisi “Spartak” murabbiyi bo'ldi
10 iyu 2018 10:52
Yangiliklar
“Navbahor”ning sobiq massajchisi “Spartak” murabbiyi bo'ldi
Moskvaning Spartak-2 jamoasining jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassisi Ramil SHaripov asosiy jamoaning murabbiylar shtabidan joy oldi.
U endi “Spartak” klubida italiyalik mutaxassis Massimo Karreraga yordam beradi. Moskvaliklar Ramil SHaripov bilan 2019 yilning 31 mayigacha shartnoma imzolashdi. Bu haqda “Spartak” rasmiy sayti xabar berdi.
Bundan oldin ushbu mutaxassis Qozonning “Rubin” klubida shunday lavozimda faoliyat yuritgandi.

Etiborlisi, Ramil SHaripov 1980 yilning 13 iyulida Namangan shahrida tug'ilgan. Yoshligida engil atletika sport turi bilan shug'ullangan. Keyinchalik 1998 – 2003 yillari Namanganning “Navbahor” klubida massajchi sifatida faoliyat yuritgan. So'ngra faoliyatini Rossiyada davom ettirgan. Yangi faoliyatida hamshahrimizga omad yor bo'lishini tilaymiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar