So’nggi yangiliklar

14:11Россиялик спорт шифокори намоз мушаклар шикастланишининг олдини олишда ёрдам беришини айтди  0 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  1 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  2 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  5 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  9 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0

"Navbahor"ning ikki etakchisi va "Nasaf" futbolchisi "Lokomotiv" nishonida Yangiliklar

"Navbahor"ning ikki etakchisi va "Nasaf" futbolchisi "Lokomotiv" nishonida

"Lokomotiv" klubining yozgi transferlar short-listida bir qator futbolchilarning nomi mavjud.

"Championat.asia" saytiga malum bo'lishicha, ayni paytda tarkibni shakllantirish borasida bosh qotirayotgan "temiryo'lchilar" "Navbahor"ning ikki azosi, darvozabon O'tkir Yusupov va yarim himoyachi Oston O'runovga katta qiziqish bildirmoqda.

Hozirda futbolchilarning "Navbahor" bilan shartnoma mavjudligini inobatga olsak, "Lokomotiv" mazkur futbolchilar transferini sotib olishi yoki ijara bo'yicha kelishuvga erishishi talab etiladi.

Biroq "Navbahor"ning joriy mavsumda o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yayotgani va mazkur futbolchilar allaqachon jamoaning asosiy futbolchilariga aylanganini inobatga olsak, bu futbolchilarni qo'lga kiritish "Loko"ga oson bo'lmaydi.

"Lokomotiv" bosh murabbiyiga aylangan Samvel Babayan matbuot anjumanida reglamentdagi majburiyat, yosh futbolchini o'ynashi kerakligi va bu borada jamoada raqobat yo'qligini hisobga olib, aynan transfer oynasi paytida reglamentdagi majburiyatni bajarishga to'g'ri keladigan yosh toifasidagi futbolchilarni olib kelmoqchi ekanligini takidlagandi.

"Navbahor"dagi Oston O'runov esa aynan reglamentdagi mazkur bandni bajarish yoshidagi futbolchi sanaladi. SHuningdek, Oston O'runov "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi va Babayan ushbu futbolchining imkoniyatlarini juda yaxshi biladi.

Babayan terma jamoadagi faoliyati davomida Oston O'runovni hali katta futbolga qadam qo'ymasidan oldinroq, yani 16 yoshidayoq bosh jamoa yig'iniga tajriba to'plashi uchun jalb etgandi.

"Lokomotiv" short-listida shuningdek "Nasaf"da o'ynayotgan chap qanot himoyachisi Xurshid Muxtorov ham bor. "Loko"da esa aynan chap qanotda Oleg Zoteevga raqobatchi  yo'q.

Reyting: -114   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика