So’nggi yangiliklar

21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  0 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0

"Navbahor"ning aksariyat muxlislari Ashurmatovning olimpiya termasiga tayinlanganidan xursand Yangiliklar

"Navbahor"ning aksariyat muxlislari Ashurmatovning olimpiya termasiga tayinlanganidan xursand

Bugun "Navbahor" azolari yana Toshkentda to'planib mashg'ulotlarni boshlab yuborishdi.
Bu safargi yig'in davomida “Geofizika” qarorgohida istiqomat qilib, shug'ullanishadi. Poytaxtda olib boriladigan mashg'ulotlar davomida nazorat o'yinlarida maydonga tushish ham ko'zda tutilgan. Dastlabki uchrashuv 22 fevral kuni bo'lib o'tadi.

SHu kuni jamoamizga Ravshan Haydarov boshchiligidagi mamlakatimiz yoshlar terma jamoasi raqib bo'ladi. Keyingi uchrashuvlar haqida navbatdagi xabarlarimizda malumot berib o'tamiz.

Navbatdagi yig'inda murabbiylarimiz bolgariyalik posbon Emil Mixaylov va o'zbekistonlik himoyachi Timur Kagirovlarni yana bir bor sinovdan o'tkazishadi. Agarda futbolchilar murabbiylarda yaxshi taassurot qoldirishsa, ular bilan ham shartnoma imzolanadi. Bundan tashqari yig'in davomida Moldovadan taklif etilgan Sergey Georgievning keyingi taqdiriga ham oydinlik kiritiladi. Hujumkor yarim himoyachi oldingi yig'in chog'ida bo'lib o'tgan o'yinlarda maydonga tushib, yomon taassurot qoldirmagandi. Agarda u ham ishonchni oqlaydigan bo'lsa Georgiev ham “Navbahor”ning to'laqonli azosiga aylanishi mumkin.

Ayni paytga kelib, klub rahbariyati jamoaga kerak bo'lgan va “Navbahor”ni kuchaytirishi mumkin bo'lgan futbolchilarning deyarli barchalari bilan shartnomalarni imzolab bo'lishgan.
Avval xabar berib o'tganimizdek, jamoamiz bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov mamlakatimiz olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Aynan shundan so'ng ko'pchilik muxlislarimizda murabbiyning “Navbahor”dagi faoliyati qanday kechadi degan savollar yuzaga keldi.

Kecha O'zbekiston futbol Federaciyasida bo'lib o'tgan yig'ilishdan keyin Ashurmatov Namanganga kelib, klub va viloyat rahbarlari bilan uchrashdi. Masuliyatli lavozimda ish boshlagan Baxtiyor Azamovich “Navbahor”ga foyda keltirish borasida ham bosh qotirayotganligini etirof etdi. Umuman olganda Ashurmatovni olimpiya terma jamoasida ish boshlashini barcha turlicha qabul qildi. Kimdir “Navbahor”ga zarar bo'lishini aytsa, qolganlar bu holatni yaxshi ekanligini bildirishdi. Murabbiy bilan Toshkentdan birga qaytayotib aksariyat muxlislarimizni bundan xursand bo'lganliklariga guvoh bo'ldik.

Murabbiy bilan telefon orqali bog'langan ayrim ishqibozlar Ashurmatovga omad tilab, “Navbahor”dagi faoliyatini davom ettirishini istayotganliklarini aytishdi. Xullas murabbiyimizga oson bo'lmagan lavozimda muvaffaqiyatli mehnat qilishni va masuliyatli vazifani bajarishda omad yor bo'lishini tilab qolamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика