So’nggi yangiliklar

19:24"Манчестер Юнайтед" Олли Уоткинсни сотиб олмоқчи  0 19:05Эмерик Ляпорт Ла Лигага қайтиши мумкин  0 18:42Ўз вақтида "Байер"да ўйнаган россиялик дарвозабон ватанига қайтмоқда  2 18:25Германия термаси Европа чемпионати учун таркибини эълон қилди  9 17:56Роналду: "Ҳеч қачон кечки 10дан кейин гаплашмайман, ҳатто телефон орқали ҳам"  6 17:38Руни "Ман Юнайтед" таркибни жиддий равишда "тозалаши" керак деб ҳисобламоқда  3 17:19Анчелотти: "Бу мураббий сифатида энг яхши мавсумим"  8 16:41Боэли "Челси" лойиҳаси ҳақида: "Асосийси — сабрли бўлиш"  1 16:04"Астон Вилла" ПСЖ ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 15:43Осиё Футбол Конфедерациясининг 34-Конгресси бўлиб ўтди  0 15:22ФИФА "Рубин"га трансфер амалга оширишни тақиқлаб қўйди  0 14:55Хамес "Бока Хуниорс"га ўтиши мумкин  0 14:34Рэшфорд "Манчестер Юнайтед" сафидаги 400-ўйинини ўтказди  0 14:16Ла Лигада мавсумни "ёндираётган" Довбикнинг товон пули қанчалигини биласизми?  3 13:45Про лига. 8-турни ўтказиб юборадиган футболчи ва расмийлар  0

“Navbahor”ning 1996 yilgi “Oltin yigiti” bir yoshga ulg'aydi Yangiliklar

“Navbahor”ning 1996 yilgi “Oltin yigiti” bir yoshga ulg'aydi

Bugungi sanada o'z tavallud kunlarini nishonlayotgan futbol ahlini unutilmas sana bilan qutlashda davom etamiz.

Bugun yana bir yoshga ulg'ayganlar orasida Namangan futboli tarbiyalanuvchisi, “Navbahor”ning oltin avlod vakili, 1996 yili klub bilan birga hozirgacha yagonaligini saqlab kelayotgan chempionlikka erishgan Zafar Musaboev ham bor. 

O'sha yili Viktor Jalilov bosh murabbiyligida Namanganda ajoyib jamoa tashkil etilgan edi. Mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazgan “Navbahor” futbolchilari yakunda tarixiy chempionlikni qo'lga kiritishgandi. SHonli jamoa tarkibida tajribali hujumchi Zafar Musaboev ham bo'lgan. Bugungi kunda Zafar aka futboldan biroz yiroqda, aniqrog'i tadbirkorlik bilan shug'ullanyapti. 

- Zafar aka, sizni o'rta avlod futbol muxlislari juda yaxshi bilishadi. Lekin futbolchilik faoliyatingizni yakunlaganingizdan so'ng biroz sevimli kasbingizdan yiroqlashgandek taassurot qoldirdingiz. Bugungi kunda nimalar bilan bandsiz? 

- Boshqa sohada faoliyatim davom etyapti. Tadbirkorlik bilan shug'ullanyapman. SHu orqali qora qozonimiz qaynab turibdi (kuladi). Lekin baribir futboldan uzoqlashib ketganim yo'q. Alloh rahmatiga olsin, ustozim Abdullo Jo'raboev bilan birga CHortoq tumanida futbol jamoasi tuzgan edik. U kishi CHortoqdan etishib chiqqan yagona murabbiy edilar. Juda ham ko'p shogirdlarni tarbiyalaganlar. Ular orasida Tohir Madrahimov, Rashid G'ofurov, Muhiddin Ortiqov, Obid Jo'raboev, Mirzohid G'ofurov, Anvar va Azam Hafizov, G'iyos Komilov kabi futbolchilarni alohida aytish mumkin. 

- Murabbiy sifatida kattalar jamoasida ishlash niyatingiz yo'qmi?

- Hozircha yo'q. Ayni paytda o'z ishim bor. Yuqorida aytib o'tganimdek, bir necha yildan beri tadbirkorlik bilan shug'ullanib kelyapman. Har bir inson o'z sevgan kasbini qilgani yaxshi, deb o'ylayman. Qolaversa, oilamiz katta. Men yagona o'g'il farzandman. Besh nafar singlim bor. Farzandlar tarbiyasi, ularni turmushga berish bilan shug'ullanish mening zimmamga yuklangandi. SHukrki, bugunga kelib singillarimning barini uzatdik. Ular o'z oilalari bilan baxtli hayot kechirishyapti. Afsuski, otam ularning kamoli va baxtini ko'ra olmadilar. Hayot sinovlari va tashvishlari sabab futboldan o'zim istamagan holda yiroqlashishga majbur bo'lganman. 

- Zafar aka, 1996 yili chempionlik shoxsupasiga ko'tarilgan “Navbahor”ning muvaffaqiyati siri nimada bo'lgan?

- 1996 yilgi mavsumda haqiqatan namanganlik muxlislarga ajoyib onlarni tuhfa etgandik. Eng katta yutug'imiz - jamoamizdagi ahillik edi. Bir-birimizni ko'z qarashidayoq tushunardik. Bu shunchaki, balandparvoz so'zlar emas, fikrimni qolgan jamoadoshlarim ham tasdiqlashadi. Bir narsani aytishim kerak, “Navbahor”ning tarixiy yutug'ida rahmatli Hakimjon aka Hoshimovning xizmatlari cheksiz bo'lgan. U kishi haqiqiy futbol fidoyisi edilar. Millionlar o'yini deganda oilalarini ham esdan chiqarib yuborardilar. “Navbahor” tarkibini, umuman, jamoani saqlab qolib, uni kuchaytirishga aynan Hoshimjon aka sababchi bo'lgandilar. Bu say-harakatlar 1996 yilda natijasini bergan. O'sha yili Farhod Magometov, Gennadiy Denisov kabi tajribali futbolchilar jamoaga jalb etilgandi. Oleg SHackix, Tohir Madrahimov, Abduqahhor Marufaliev, Ilhom SHaripov singari etakchilar yuqori saviyada o'yin namoyish etishgan. Deyarli 40-50 foiz o'yinchilar terma jamoa sharafini ham himoya qilishardi. O'sha yillari biz uchun asosiy raqib “Neftchi” hisoblanardi. Vodiy derbisiga qiziqish jamoalar turnir jadvalining qaysi pog'onasini egallab turganligidan qatiy nazar, yuqori bo'lardi. 1996 yilgi mavsumda bu ikki klub o'zaro o'yinlarda bittadan g'alabaga erishgan. Namangandagi uchrashuvda biz 1:0 hisobida muvaffaqiyat qozongandik. Farg'onada kechgan o'yinda esa “Neftchi” 2:1 hisobida zafar quchgandi. SHunga qaramay, chempionat yakunida oltin medallar bizga nasib etgan. 

O'ylaymizki, Zafar Musaboev hali murabbiy sifatida O'zbekiston, xususan Namangan futboli rivojiga xissa qo'shadi. Uning boy tajribasi albatta yoshlarga ulashilishi kerak. Zafar akani bugungi qo'shaloq bayram bilan muborakbod etib, u kishiga sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, farzandlar rohatini ko'rib yurishlarini tilaymiz. 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика