So’nggi yangiliklar

00:50"Ливерпуль" Кьезани Чемпионлар Лигаси қайдномасига киритмагани маълум бўлди  1 00:32Элдор ва Аббос сафда, Кападзенинг кайфияти чоғ – миллий жамоа машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  6 00:10U-23 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон жойлашган гуруҳнинг иккинчи баҳсида Қирғизистон Кими Меркнинг дубли эвазига Фаластинни енгди  2 23:50Португалия президенти марҳум Диогу Жотани орден билан тақдирлади  1 23:18"Пахтакор" 5 нафар тарбияланувчиси учун 432 миллион сўм олади  0 22:44Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Англияга ютқазди  9 22:25Антони "Бавария" таклифини рад этганини айтди. У "Бетис"га берган сўзида турган  2 21:55"Атлетик" ФИФА Лапортни рўйхатдан ўтказишни рад этганини тасдиқлади  1 21:36Ла Лигада ой мураббий бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди. Флик улар орасида йўқ  8 20:55Ла Лигада август ойининг энг яхши ўйинчиси бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди  3 20:25Равшан Ҳайдаров: "Бутун ўйин давомида устунликка эга бўлдик, тўпни назорат қилдик"  13 19:59A Bola: Лёвдан сўнг Бенту ҳам Ўзбекистонга "йўқ" деди  107 19:50Фарруҳ Сайфиев Туркманистон билан баҳсда дарвозабонга атайин жароҳат етказдими?  11 19:33Аббос Файзуллаев: "Туркияга мослашиш қийин бўлмади"  3 17:37Фермин ва Гави қизлар туфайли жанжаллашиб қолганми?  1

Navbahorni davralar oralig'ida kimlar tark etishi mumkin? Yangiliklar

Navbahorni davralar oralig'ida kimlar tark etishi mumkin?

Oliy ligada birinchi davra o'yinlari o'z yakuniga etib bormoqda.
Ortda qolgan 11 tur yakunlariga ko'ra Navbahor musobaqa jadvalida 14 jamoa ichida to'qqizinchi bo'lib turibdi. Qayd etilgan natijalarni klub imkoniyati bilan qiyoslaganda qoniqarli deb aytsa bo'ladi. Ashurmatovdan o'zga murabbiy bo'lganda hozirgi natijalar qo'lga kiritilishiga ishonish qiyin bo'lardi.

Baxtiyor Ashurmatov futbolchilarni rahbariyatniing amalga oshirolmayotgan vadalari bilan ovuntirib kelmoqda. Futbolchilar ham og'ir sharoitda bo'lsa ham maydonda bor kuchlari bilan to'p tepishmoqda. Albatta, har narsaning oxiri bo'lganidek, kun kelib futbolchi va murabbiylarning sabr kosasi to'ladi. Ahvol shu zaylda ketishini istashmaydi.

Navbahorning hozirgi ahvoli o'tgan mavsumdagi Gulistonni eslatmayaptimi? Sirdaryo jamoasi ham mavsumni Navbahor singari yuqori notada boshlab, asta quyiga sho'ng'igandi. Hozirgi tanglik jamoani birinchi liga tomon etaklashi hammaga malum. SHunday ekan, zudlik bilan oldinda turgan har qanday muammoni bartaraf etish lozim.

Uzunquloq gaplarga qaraganda, davralar oralig'ida jamoani Mansur Saidov, Baxtiyor Yoqubov, SHukurali Po'latov va boshqa futbolchilar tark etarmish. Aytish joizki, bu uch futbolchini Navbahorda uzoq qololmasligi avvaldan malum edi. Po'latov Bunyodkorga qaytsa, Yoqubov va Saidovlarni Farg'onaga qaytish ehtimoli yuqori. Bu hozircha tasdiqlanmagan malumot xolos.

Tark etuvchilar soni yana ko'payishi mumkin. Buni oldini olish uchun esa berilgan vadalar amalda o'z isbotini topishi lozim. Esingizda bo'lsa, oldinlari muxlislar bilan uchrashuvlarda klub rahbariyati yangi o'yingoh bitsa biz boshqa Navbahorni ko'rishimizni ko'p marta takidlashardi. Mana, shukrki o'yingohimiz bitdi. Ammo yuqoridagi so'zlar o'z isbotini afsuski topmayapti.

Yana va yana umid qilamizki, klubdagi vaziyat ijobiy tomonga o'zgaradi va jamoamiz biz kutgan o'yinlarni namoyish etadi!


Ulug'bek.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика