So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  8 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  2 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  25 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

"Navbahor"dan sensaciya! Futbolchilarga millionlar sarflagan "Al Hilol" "lochinlar"ni taslim qilish imkonini topa olmadi Yangiliklar

"Navbahor"dan sensaciya! Futbolchilarga millionlar sarflagan "Al Hilol" "lochinlar"ni taslim qilish imkonini topa olmadi

Kecha Osiyo yashil maydonlarida OCHL guruh bosqich bellashuvlariga start berildi.

"Navbahor" jamoasi Ar-Riyodda "Al Hilol" mehmoni bo'ldi va sensacion natija bilan ortga qaytmoqda.

Al Hilal

Ali Al-Bulayhi - 90'

AFC Champions League Grp. D . 1-tur

19/09/2023, 00:00

1
:
1
Tugadi

Navbahor Namangan

Toma Tabatadze - 52'

45'
90'
60'  Neymar
74'  Yasir Al Shahrani (Nasser Al Dawsari)
74'  Salman Al-Faraj (Mohamed Kanno)
89'  Ruben Neves (Abdullah Al-Hamdan)
89'  Saud Abdulhamid (Mohammed Al Burayk)
90'  Ali Al-Bulayhi
90'  Michael
28'  Filip Ivanovic
52'  Toma Tabatadze
52'  Abrorbek Ismoilov
54'  Asad Sobirzhonov (Doniyor Abdumannopov)
61'  Abrorbek Ismoilov
71'  Abrorbek Ismoilov (Temurkhuja Abdukholiqov)
83'  Ibrokhim Yuldoshev (Jasur Yakhshiboev)
83'  Toma Tabatadze (Luka Cermelj)

Neymar boshchiligidagi yulduzlar

Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri "Al Hilol" ushbu bellashuvda Neymar, Aleksandr Mitrovich, Ruben Nevesh, Malkom va Mikael kabi yulduz legionerlar xizmatidan foydalandi. Yassin Bunu, Kalidu Kulibali, Sergey Milinkovich-Savich kabilar qaydnomadan ham o'rin olmadi.

"Transfermarkt" portali malumotlariga ko'ra "Navbahor" jamoasi butun tarkibi narxi 10.39 mln evro turadi. Raqib esa namanganliklarning butun tarkibidan qimmatroq qator futbolchilarni olib keldi. "Al Hilol"ning butun tarkibi esa 258.4 mln evroga baholangan yuqoridagi portalda. Yani, Samvel Babayan shogirdlari o'zlaridan deyarli 25 barobar qimmat jamoadan safarda ochko olishdi. Bo'lib ham "Hilol" yozda olib kelingan o'yinchilarga 350 mln evrodan ko'proq pul sarflagan.


Tartibli va jangovar o'yin, to'g'ri taktika

Babayan o'yinga to'g'ri taktika tanlay oldi va futbolchilarni to'g'ri tayyorlay oldi. Uchrashuv boshidan "lochinlar" raqibdan cho'chib emas, aksincha keskin o'ynay boshlashdi. Futbolchilarning barchasi jangovar kayfiyatda maydonga tushib kelishganini ketma-ket epizodlarda ko'rsatib turishdi. "Navbahor"ning har bir o'yinchisi olqishga loyiq. Golban, Ivanovich, Milovich va Yo'ldoshev himoyada qoyadek turib berishdi. Oston O'runov Jokich yo'g'ida tayanch zonada hukmronlik o'rnatdi. Abror Ismoilov qanday zo'r o'yin o'tkazdi, Toma Tabatadze juda katta ishni bajardi maydonda.

"Al Hilol" ko'proq muomala qildi va ancha ko'p hujum qildi. Lekin, Osiyoda "Hilol"ga qarshi safarda ulardan ko'proq hujum qila oladigan birorta jamoani ko'rsata olasizmi? Bu qitamizning eng kuchli jamoalaridan biri. Ularning Saudiya chempionati doirasidagi "Al Ittihod" bilan bellashuvini ko'rgandim. O'yin tempi APL uchrashuvlari bilan teng edi. Ar-Riyodda Osiyoning istalgan jamoasi "Al Hilol" mehmoni bo'lsa mezbonlar yaqqol favorit bo'lib qolaverishadi.

"Navbahor" futbolchilarining "issiq" xaritasi.


To'g'ri "nastroy" va qati tartibli o'yin bilan har qanday yulduzli jamoa bilan ham bemalol o'ynay olish mumkinligini kecha "Navbahor" ko'rsatib berdi. Bunday kuchli raqib maydonidagi 1 ochko guruh bosqichi yakunida oltinga teng bo'lishi mumkin. Bu bilan namanganliklar guruhdan chiqish uchun jiddiy kirishishganini elon qilishdi. Babayan o'yindan keyingi matbuot anjumanida bizni hujum qilishimizni Namangandagi o'yinda ko'rasiz dedi. Saudiyaliklar "Navbahor"dan Riyodda ochiq va hujumkor o'yin kutishganmikin? "Navbahor" o'ziga kerakli o'yinni ko'rsatdi va kerakli natijani qayd etdi.

Bellashuvdan keyin "Al Hilol" bosh murabbiyi Jorje Jezus bosh hakamga keskin etiroz bildiribdi, "Navbahor"ga ham. Kechagi bahsda bosh hakamning eng katta xatosi "Al Hilol" foydasiga bo'ldi, Jezus esa hakamdan nolib yuribdi. Abror Ismoilovga to'pni ataylab tepgani uchun Neymar to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olishi shart edi. Hakam Neymar bo'lgani uchun ham qizil berishga haddi sig'madi, menimcha. Namanganliklar o'yinni ko'p cho'zishdi degan gapiga kelsak, bosh hakam 14 daqiqa qo'shib berdi va bu keragidan ham ortiqcha vaqt edi.

Neymar esa kechagi uchrashuvda faqat choy damlaydigan jin bo'lib qoldi. Buning uchun Golban va boshqa himoyachilarga tasanno!


Ana endi "Al Hilol" Namangandagi o'yinga eng kuchli tarkibi bilan keladi, "Navbahor" ularni bunga majbur qila oldi. Neymar kechagi qiliqlari uchun Namanganda javob beradi hali) Ungacha "Navbahor"ga ham, OCHLdagi qolgan klublarimizga ham omad va g'alabalar tilab qolamiz!

Bu statisitka minimal imkoniyatlardan maksimal foydalanish deyiladi.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика