"Navbahor"dan kamroq pul so'ramasang, nogiron qilib qo'yamiz". Rossiyada Kanchelskisga tahdid qilishdi
01 dek 2021 14:52
Yangiliklar
"Navbahor"dan kamroq pul so'ramasang, nogiron qilib qo'yamiz". Rossiyada Kanchelskisga tahdid qilishdi
"Navbahor" klubi sobiq ustozi Andrey Kanchelskis policiyaga murojaat qildi.
Kanchelskisning aytishicha 22 noyabr kuni tunda kafeda uning yoniga ikki nafar notanish shaxs kelib "Navbahor"dan so'rayotgan pulni kamaytirishni talab qilishgan. Avgust oyida FIFA Namangan klubiga Kanchelskisga 1,6 mln evro to'lab berishi borasida qaror chiqargandi). Andreyga 80 ming evroga rozi bo'lishni taklif qilishgan, agar rad qilsa uni nogiron qilib qo'yish bilan tahdid qilishgan. Kanchelskis ushbu taklifga rozi bo'lmagan va policiyaga murojaat qilgan. U erda tekshiruv boshlandi.
Kanchelskis 2018 yil oktyabr oyidan 2019 yil iyun oyigacha "Navbahor"da ishlagan, o'sha yilning avgust oyida yana klubga qaytgan. 2020 yil oktyabr oyida klub tomonidan qarzdorliklar ko'payib ketgani bois "Navbahor"ni tark etgandi.
Fikrlar