So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

"Navbahor"dagi raqobat, muxlislar bosimiga tayyorligi va "So'g'diyona"da o'tgan yillar - Jamshid Boltaboev bilan intervyu Yangiliklar

"Navbahor"dagi raqobat, muxlislar bosimiga tayyorligi va "So'g'diyona"da o'tgan yillar - Jamshid Boltaboev bilan intervyu

Namanganing "Navbahor" jamoasi yangi mavsum oldidan o'z tarkibini bir nechta mahoratli futbolchilar bilan to'ldirmoqda.

Yangi yilning ilk kunlaridan boshlab klub matbuot xizmati ketma-ket transferlarni elon qilishni boshladi. Deyarli barcha chiziqlarda raqobat yuzaga kelmoqda. Ayniqsa bu yil "Navbahor"ning markaziy yarim himoyasida to'p tepish uchun futbolchilar tanlovi keng. Etibor beradigan bo'lsak, Azim Ahmedov, Nurillo To'xtasinov, Yovan Jokich, Jamshid Boltaboev singari ijrochilar yig'ilgan. SHuningdek Ehsoni Panshanbe ham bor. Yangi kelib qo'shilgan futbolchilar bunday raqobatga tayyormi? Bu borada Jamshid Boltaboevning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Og'ir jarohatdan so'ng "So'g'diyona"ga o'tib yaxshi sport formangizga kirib oldingiz. Qaysidir manoda katta futbolga qaytishingizga bu jamoa yaxshigina turtki bo'ldi, deya olamiz. O'tgan mavsum esa bularning barchasiga chiroyli yakun yasab berdi deyishimiz mumkinmi?

- Avvalambor assalomu aleykum. Barchani kirib kelgan yangi yil bilan tabriklayman. Savolingizga kelsak, "Paxtakor"da to'p tepib yurgan kezlarimda juda jiddiy jarohat olgan edim. Buni faqat o'zim va yaqinlarim bilishadi. O'shanda yordam bergan Jafar Irismetov va SHota Arveladzega rahmat aytmoqchiman. Klub bilan shartnomam tugagan bo'lsada, davolanish uchun Turkiyaga yuborishdi. Davolanib kelganimdan keyin ham tashlab qo'yishgani yo'q. Yangi shartnoma ham taklif qilishdi. O'shanda jamoa o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ygandi. Jamoadan ketish haqida esa o'zim o'yladim. Ikki yil futbol o'ynamaganim uchun asosiy tarkibga kurashishga ko'zim etmadi. Natijada "So'g'diyona" bosh murabbiyi Sergey Ivanovich Lushchandan taklif oldim. Jamoaga men bilan bir hil jarohat olgan Javohir Sohibov ham keldi. Ushbu mutaxassisga ishonch uchun rahmat aytaman. 

- "So'g'diyona"dagi faoliyatingizdan qoniqdingizmi?

- Umuman olganda qoniqdim, deya olaman. Jamoa bilan yaxshi o'rinlarni egalladik. Eng yaxshi mavsum sifatida baribir o'tgan yilni ko'rsataman. Ikkinchi o'ringa osonlikcha erishilmadi. Barcha bir maqsad yo'lida harakat qildi. 

- Jamoani o'zgartirish qaroriga qachon keldingiz yoki bu avvaldan o'ylanganmidi?

- Yo'q. Bunday desam noto'g'ri bo'ladi. Mavsum yakunlangach bitta "Navbahor"dan emas, boshqa jamoalardan ham takliflar bo'ldi. "So'g'diyona"dagilar ham ketmasligimni so'rashdi. Lekin ichimda nimadir ketishim kerakligini aytdi. Yakunda "Navbahor" taklifini qabul qildim. O'z navbatida "So'g'diyona" klubi rahbarlari va muxlislariga rahmat aytaman. 

- "Navbahor"ga o'tishingizda bosh murabbiy Samvel Babayan muhim rol o'ynadimi? 

- Mazkur jamoaga o'tishimda klub rahbari Otabek aka va Samvel Vyacheslavovich bilan gaplashdim. Klub o'z oldiga qo'ygan maqsadlarini inobatga olib shartnoma imzoladim. 

- Ushbu savolni odatda "Navbahor"ga yangi kelib qo'shilgan futbolchilarga beramiz. Namangandagi bosim va tanqidlarga ruhan tayyormisiz?

- Qanday jamoaga kelganimni bilaman. Menimcha o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan har bir jamoada bosim bo'ladi. Umuman olganda tayyorman. Jamoaning ishqibozlari juda talabchan. Bundan xabarim bor. Xudo xohlasa bu yil muxlislarni xursand qilamiz. Etirozlar bo'lmaydi, deb umid qilaman. Agarda tanqidlarni eshitgan taqdirimizda ham to'g'ri tushunib yuqori o'rinlarni egallash uchun harakat qilamiz. 

- Yuqorida aytganimizdek siz to'p tepadigan nuqtada bir qancha ijrochilar yig'ilgan. Ular bilan raqobatlashish yaxshigina mehnatni talab qiladi...

- Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi. Bundan aslo qo'rqmayman. Kim kuchli bo'lsa, o'sha futbolchi to'p tepishi tarafdoriman. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика