So’nggi yangiliklar

08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  7 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  2 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  24 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  6

"Navbahor": Yoshlarimiz klub prezidenti qabulida bo'lishdi Yangiliklar

"Navbahor": Yoshlarimiz klub prezidenti qabulida bo'lishdi

Teglar :  Navbahor
Namanganda yoshlar futboliga bo'lgan etibor kundan-kunga ortib bormoqda. Bunga yorqin misol tariqasida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan shahar kengashi negizida tashkil etilgan “Navbahor” yoshlar futbol akademiyasini ochilganligini ko'rsatish mumkin.

Bevosita bolalar va yoshlar futboliga etibor qaratish orqali kelajak uchun zamin yaratilishi barchaga malum. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati azosi, Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol federaciyasi prezidenti Xayrulla Hayitbaevich Bozarov boshchiligida viloyat futbolini rivojlantirish borasida keng ko'lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyatimiz rahbarining sayi harakatlari bilan yoshlar futboliga ham jiddiy tarzda etibor qaratilmoqda. Namangan shahar hokimi SHavkat SHokirdjanovich Abdurazzoqov “Navbahor” futbol klubi prezidenti etib tayinlangach yoshlarga jiddiy etibor qaratish borasidagi ishlar ham boshlab yuborildi.

Kelgusida “Navbahor” futbol klubida mahalliy iqtidor egalarini to'p surishi uchun qator ishlar amalga oshirilmoqda. Qisqa vaqt ichida “Navbahor” yoshlar jamoasiga etibor kuchaytirilib, futbolchilarni barcha talablarga javob beradigan sport inshootlarida shug'ullanishlari va o'yinlarda ijobiy natijani qayd etishlari uchun sharoitlar yaratildi. Buning samarasi o'laroq mavsum birinchi yarmini ishonchsiz o'tkazgan yoshlarimiz ikkinchi davraning dastlabki turini mehmonda o'tkazishlariga qaramay yirik hisobdagi g'alabaga erishishdi. Bu esa berilayotgan etibordan futbolchilarni ruhiyatini ko'tarilganidan darak beradi.
Bugun Namangan shahar hokimi, “Navbahor” futbol klubi prezidenti SHavkat SHokirdjanovich Abdurazzoqov “Navbahor” yoshlar jamoasi azolarini qabul qildi. Klub prezidenti uchrashuv avvalida so'z oldi: - “Futbolda ruhiyat muhim ahamiyat kasb etadi. Jiddiy etibor qaratilsa futbolchilarni ruhiyati ham baland bo'ladi. So'nggi paytda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati azosi, Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol federaciyasi prezidenti Xayrulla Hayitbaevichning bevosita rahbarliklarida viloyat futbolni rivojlantirishga jiddiy etibor qaratilmoqda. Bunday yuksak etiborni futbolchilar amalda isbotlab, munosib bo'lishlari talab etiladi. Asosiy tarkib bilan bir qatorda yoshlar tarkibiga bo'lgan etibor ham kuchaytirildi. Yoshlar tarkibini kelgusida yanada yoshartirib, kelajak uchun zamin hozirlash talab etiladi. “Navbahor” yoshlar akademiyasiga ham iqtidorli yoshlarni tarbiyalash maqsadida asos solindi. Yoshlarni futbol bilan shug'ullanishlari va futbolchilarni jamoa sharafini munosib tarzda himoya qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi. Kelgusida yosh futbolchilarni malakasini oshirish maqsadida xorijdan ham tajribali mutaxassislarni jalb etish rejasi bor. Bugungi kunda Namangan tumanidagi “Toshbuloq” o'yingohi “Navbahor” yoshlar jamoasi ixtiyoriga berildi. O'yingohda futbolchilarni munosib tarzda shug'ullanishlari uchun sharoitlar muxayyo qilingan. Yoshlar bor etiborni faqat futbolga qaratib, mahoratli futbolchi bo'lish uchun intilishlari kerak. Tarkibga futbolchilarni jalb etishda tanish-bilishchilik, qarindosh urug'chilikka barham beriladi. Yani jamoa sharafini munosib o'yinchilargina himoya qilishadi. Akademiyamiz yaqin uch yil ichida o'z mevasini beradi. Boshqa viloyatlarga ketib qolayotgan futbolchilarimizni o'zimizda olib qolib, mahoratli futbolchi bo'lib etishishlari uchun zamin yaratib beramiz. SHunday ekan futbolchilar yuqori marralar sari intilib, astoydil harakat qilishlari kerak. Tez orada oylik maoshlarni ham ko'rib chiqib bu boradagi etiborni ham kuchaytiramiz. Yil yakunida munosib futbolchilarni tanlab olamiz. Bu esa yoshlar jamoasi azolaridan tinimsiz harakat qilish va intilishni talab etadi. Barchalaringizga navbatdagi o'yinlarda omad tilab qolaman”.

Uchrashuv davomida “Navbahor” yoshlar jamoasi azolariga Belgiyaning “Patrick” firmasi tomonidan tayyorlangan sport liboslari tantanali ravishda topshirildi. Liboslarni Namangan shahar hokimi, “Navbahor” futbol klubi prezidenti SHavkat Abdurazzoqovdan qabul qilib olgan futbolchilarimizning kayfiyati tog'dek ko'tarildi. Bu hol yoshlarimizga “Qizilqum” jamoasi bilan o'tadigan uchrashuv oldidan qo'shimcha kuch quvvat bag'ishladi desak xato bo'lmaydi. Futbolchilar nomidan so'zga chiqqan yoshlar jamoasi sardori Hojiakbar Yunusov bildirilayotgan etibor va yaratib berilayotgan sharoitlar uchun rahbarlarga alohida minnatdorchilik bildirib, maydondagi chiroyli o'yinlari va g'alabalar bilan ishonchni oqlash uchun astoydil harakat qilishlarini bildirdi.

Uchrashuv so'nggida Namangan viloyat futbol federaciyasi 1-vice prezidenti Bahromjon Xolmirzaev ham so'z olib, futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratib berilayotgan shart-sharoitlar uchun Namangan viloyat hokimi X.Bozarov va Namangan shahar hokimi SH.Abdurazzoqovlarga alohida tashakkur izhor qildi. O'z navbatida futbolchilarga bildirilgan ishonchni to'laqonli oqlash uchun o'z ustilarida tinmay ishlashlari lozimligini uqtirdi. SHuningdek, “Navbahor” yoshlar jamoasi murabbiyi SHuhrat Qoraboev, yoshlar jamoasi menedjeri Dilshod Alievlar ham so'z olib, oldinlari yoshlarga bu darajada etibor qaratilmaganligini etirof etib, yaratib berilayotgan shart-sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirishdi. Kelgusida viloyat futboli va “Navbahor” futbol klubi ravnaqi uchun bor bilim va kuchlarini sarflashga vada berishdi.

“Navbahor” futbol klubi matbuot xizmati.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика