"Navbahor": Yoshlar saralanmoqda
20 dek 2013 19:17
Yangiliklar

"Navbahor": Yoshlar saralanmoqda
9-19 dekabr kunlari “Navbahor-Umid” futbol maktabining suniy qoplamali maydonida “Navbahor” futbol klubi va Namangan viloyati nomidan birinchi ligada ishtirok etayotgan jamoalar tarkibiga iqtidorli yosh futbolchilarni tanlab olish maqsadida 1995-1997 yillarda tug'ilgan yoshlar va o'smirlar o'rtasida viloyat musobaqasi bo'lib o'tdi.
Turnirda Namangan shahri va viloyat tumanlarining 12 ta jamoasi to'rt guruhga bo'lingan holda bahslarga kirishgandi. Guruhlarda birinchi o'rinni qo'lga kiritgan “Kosonsoy”, NOZSK va “Navbahor-Umid” futbol maktabining birinchi va ikkinchi jamoalari final bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Musobaqaning final bosqichida barcha raqiblaridan ustun kelgan “Navbahor-Umid” futbol maktabining birinchi jamoasi peshqadamlikni qo'lga kiritdi. “Kosonsoy” hamda Namangan olimpiya zaxiralari sport kolledji jamoalari esa faxrli ikkinchi va uchinchi o'rinlarni qo'lga kiritishdi.
Musobaqadan o'rin olgan uchrashuvlarni “Navbahor” jamoasi murabbiylar shtabidan Mustafo Bayramov, No'mon Hasanov, Tohir Madrahimov, birinchi liga vakili “Kosonsoy” jamoasi ustozi Mehmon Soliho'jaev hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan bir qator murabbiylar kuzatib borishdi. Mutaxassislar turnir davomida o'zlarini ko'rsatgan ayrim yoshlarni esa yon daftarchalariga yozib qo'yishdi. Mazkur musobaqada o'zlarini ko'rsatgan iqtidor egalari “Navbahor”, “Kosonsoy” va “Xotira-79” jamoalarining qishki yig'inlarida qatnashib, ko'rikdan o'tishadi. Ishonchni oqlaganlar esa 2014 yilgi mavsumda viloyat jamoalari sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Fikrlar