So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  0 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

"Navbahor" yig'inni boshladi. Jamoada niderlandiyalik, xorvatiyalik, rossiyalik va kamerunlik legionerlar bor Yangiliklar

"Navbahor" yig'inni boshladi. Jamoada niderlandiyalik, xorvatiyalik, rossiyalik va kamerunlik legionerlar bor

Namanganning “Navbahor” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni bugundan boshladi.

Joriy yildagi ilk mashg'ulot bugun To'raqo'rg'ondagi “Odil Junior” futbol akademiyasining suniy qoplamali maydonida o'tkazildi. Uni rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis boshchiligidagi murabbiylar shtabi olib bordi. Mashg'ulotda jamoa azolari bilan birgalikda ko'rikdan o'tayotgan mahalliy hamda xorijlik o'yinchilar ishtirok etishdi.

"Navbahor"ning yig'iniga rossiyalik o'yinchilar – Artyom SHerbak, Aleksey Kurilov va Stanislav Efimov, xorvatiyalik Vilim Posinkovich, kamerunlik Mbassi Emmanuel Rikardo kabi yangi legionerlar qo'shilishdi. Ular jamoa bilan birga mashg'ulotda ishtirok etishdi.

Bugun "lochinlar" safiga yana bir xorijlik futbolchi qo'shildi. Bu niderlandiyalik Nelson Gregori Jarreld Martlales bo'lib, u 1988 yil, 31 yanvarda tug'ilgan, ampluasi – hujumchi. Nelson futbolchilik faoliyati davomida Gollandiyaning “AZ” (Alkmar), “Rozendal” (Rozendal), Bolgariyaning CSKA (Sofiya), “Botev” (Plovdiv), Ukrainaning “Metallurg” (Doneck) va Hindistonning “CHennayin” (CHennan) klublarida o'ynagan. Niderlandiyalik hujumchi “lochinlar”ning bugundan boshlangan o'quv-mashg'ulot yig'iniga ertaga qo'shiladi.

SHuningdek, ertaga yana bir qator legionerlarning Namanganga tashriflari kutilmoqda.


Vilim Posinkovich


Nelson Gregori Jarreld Martlales



Bugungi mashg'ulotlardan olingan videolavhani tomosha qiling.


Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика