So’nggi yangiliklar

15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  1 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  18 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  2 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  20 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  5 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  4 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  8 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  16 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2

"Navbahor" "Yangier"ni mag'lub etdi Yangiliklar

"Navbahor" "Yangier"ni mag'lub etdi

Teglar :  NavbahorYangier
Superliganing 2-davra bahslariga Toshkentda tayyorgarlik olib borayotgan “lochinlar” mazkur o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasidagi uchinchi nazorat-sinov bahsini bugun Pro-Liga vakili “Yangier”ga qarshi o'tkazishdi.

O'yin raqibdan ancha tajribali bo'lgan Deyan Jurjevich shogirdlarining ustunliklarida o'tdi. Jumladan, birinchi bo'limdagi hujumlarning birida burchakdan oshirilgan to'pni tajribali hujumchi Aziz Ibragimov boshi darvozaga yo'naltirdi. Ammo zarba biroz noaniq chiqib, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Jamoamizning birinchi bo'limdagi ketma-ket hujumlari tanaffusga sanoqli daqiqalar qolganida o'z samarasini berdi.

Jamoamiz to'purari Aleksandr Kasyan nazorat bahsida ham o'z mahoratini namoyish etib, yangierliklar darvozasini aniq nishonga olib, “lochinlar”ning tanaffusga 1:0 hisobidagi g'alaba bilan chiqib ketishlarini taminladi.

Ikkinchi 45 daqiqalikda ham jamoamiz hujumkor o'yin namoyish etdi. SHunday hujumlarning birida Zafar To'raevning qaychi usulida darvozaga yo'llagan zarbasidan so'ng, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.

O'yin yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida, jamoamiz azolari 11 metrli jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritishdi. Boisi, o'sha vaziyatda “Yangier” himoyachilari o'z jarima maydonchalari ichida Akrom Bahriddinovga nisbatan qo'pollik ishlatishgandi. Penaltini zaxiradan maydonga tushirilgan rossiyalik yarim himoyachi Ivan Solovyov aniq amalga oshirib, hisobdagi farqni oshirdi – 2:0.

SHu tariqa, “Navbahor” qatorasiga uchinchi o'rtoqlik uchrashuvida ham zafar quchdi.


Mazkur o'rtoqlik uchrashuvida jamoamiz tarkibida quyidagi futbolchilar harakat qilishdi: O'tkir Yusupov, Aziz Ibragimov, Slavko Lukich, Aleksandr Kasyan, Obid Jo'raboev, Mirzohid G'ofurov, Igor Golban, Jahongir Mehmonov, Nodir Mavlonov, Abbos G'ulomov, SHerzod Hakimov.

Zaxiradan maydonga tushganlar:
Dilshod Hamroev, G'iyosjon Komilov, Ilhom Alijonov, Komil Tojiddinov, Akrom Bahriddinov, Zafar To'raev, Ivan Solovyov, Sardor Azimov, Hojiakbar Yunusov, Ilhom Aliboev.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика