So’nggi yangiliklar

13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  0 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  0 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  6 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  3 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0

"Navbahor" va "Nasaf" = umidsizlik Yangiliklar

"Navbahor" va "Nasaf" = umidsizlik

Championat.asia sayti rus bo'limi xodimi Nikolay Egorichev "Navbahor" va "Nasaf"ning hozirgi ahvoli xususida ikkita omilni keltirib o'tdi.

CHempionlikka intilgan va har burchakda bu haqda baqirayotgan jamoalarning bunday o'ynashga haqqi yo'q.

Bu ikki jamoa ligadagi eng kuchli tarkibga ega. Va agar bu tarkib, aniqrog'i, "terilgan o'yinchilar" ham natija bermayotgan bo'lsa, nima uchun bunday bo'layotganiga ikkita variant qoladi.

1) Murabbiy omili. Agar murabbiy kuchli o'yinchilarni o'zaro o'ynatolmasa va natija bera olmasa, bu uning aybidir. O'yinchilarga mos taktika tanlamagan, futbolchilarni o'yinga to'g'ri tayyorlay olmagan va hokazo.



2) Futbolchilar omili. Agar murabbiy hamma narsani to'g'ri bajargan va jamoani o'yinlarga yaxshi tayyorlagan deb hisoblasak, qolgan variant shu. Ehtimol, futbolchilar chempionlik uchun kurashadigan jamoalarda o'ynamagani uchun jiddiy muammolarni hal eta olmayotgandir. SHuning uchun, hal qiluvchi pallada ular pand berishmoqda. Masalan, ular qulay imkoniyatdan unumli foydalana olishmayapti.



Katta ehtimol bilan bu ikki omil yonma-yon keladi. Har kim o'z yo'lida aybdor.

Omadsizlik va qulay imkoniyatlardan foydalanishdagi oqsashlar haqida xohlaganingizcha gapirishingiz mumkin. Lekin siz ("Nasaf" yoki "Navbahor") chempionlik uchun kurashmoqchi bo'lsangiz, unda "Andijon", "Qizilqum", "Olimpik", "Metallurg", "Dinamo" kabi jamoalarni mag'lub etishingiz kerak. Agar siz bunday raqiblarga qarshi o'yinlarda ochko yo'qotsangiz, asosiy raqiblar bilan o'yinlarda nima bo'ladi?

Bularning barchasi yana chempion o'zgarishini ko'rmasligimizga olib kelishi mumkin. Qaysidir manoda qayta ishga tushirilgan "Paxtakor"da jadallik kuchaymoqda. SHu bilan birga, Maksim SHackix shogirdlari hali "chempionlik o'yini"ni ko'rsatgani yo'q. Ammo "Navbahor" va "Nasaf"da ham xuddi shu hol kuzatilmoqda.

Balki bu mavsumdagi yagona "umid" – OKMK.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика