So’nggi yangiliklar

21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  0 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  1 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  4 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  3

"Navbahor" Turkiyaga jo'nab ketdi Yangiliklar

"Navbahor" Turkiyaga jo'nab ketdi

Teglar :  NavbahorTurkiya
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan Namanganning "Navbahor" jamoasi navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish maqsadida bugun erta tongda Turkiyaga jo'nab ketdi.

Namanganliklar Turkiyaga quyidagi tarkibda jo'nab ketishdi.

Murabbiylar shtabi: Andrey Kanchelskis, Otabek G'ulomxo'jaev, Mustafo Bayramov, Azam Rajabbaev, Pavel Sinelnikov.

Futbolchilar: O'tkir Yusupov, Dilshod Hamroev, Islom Abdullaxonov, Igor Golban, Mirzohid G'ofurov, Xurshid Muxtorov, G'iyos Komilov, Obid Jo'raboev, Tohir SHamsitdinov, SHahzodbek Hamidov, Amirbek Jo'raboev, Abbos G'ulomov, Abdulhay Ismoilov, Islom Rashidxonov, Azizbek Turg'unboev, Ivan Solovyov, Azimjon Ahmedov, Komil Tojiddinov, Sardor Telyakov, Islom Isoqjonov, Husayn Ergashboev, Anvar Hojimirzaev.

SHuningdek, shifokor Jahongir Nuritdinov, massajchilar Bahodir Toshbekov va Jaloliddin Umarov, bosh mamur Abror Karimov, mamur Abdurauf G'ulomov hamda video-operator Ilhom Iminov.

Jamoamiz azolari Turkiyadagi yig'inni Belek shahrida olib borishadi. "Lochinlar" u erda 21 fevralgacha mashg'ulotlar olib borishadi.

Mazkur yig'in davomida namanganliklar 6ta nazorat-sinov bahsi o'tkazishni rejalashtirishgan. Hozircha o'rtoqlik bahslaridagi 2ta sparring-raqibning nomi malum. Bular: Turkmanistonning "Axal" va Serbiyaning "Rad" jamoalari. Takidlash joizki, ularning ikkisi ham o'z mamlakatlari Premer-ligasi ishtirokchilari sanalishadi.



Sparring-raqiblar qatoridan Rossiya Premer-ligasining etakchi klublaridan biri bo'lgan Moskvaning "Dinamo" jamoasi ham o'rin olishi mumkin.

SHuningdek, Belekdagi yig'in davomida tarkibga bir qator mahalliy hamda xorijlik top-futbolchilarning qo'shilishlari kutilmoqda.

Bu haqda klubimizning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida malumot beramiz.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика