"Navbahor" Turkiyada so'nggi nazorat uchrashuvini o'tkazdi
06 fev 17:23
Yangiliklar
"Navbahor" Turkiyada so'nggi nazorat uchrashuvini o'tkazdi
Yangi mavsumga Turkiyada tayyorgarlik ko'rayotgan Namanganning "Navbahor" klubi bugun yig'in doirasidagi so'nggi nazorat bahsini Rossiyaning “Kuban” (Krasnodar) jamoasiga qarshi o'tkazdi.
Antaliya shahrida o'tgan bellashuvda Rossiya klubi 1:0 hisobida zafar quchgan. Birinchi bo'limning 25-daqiqasida urilgan yagona golga yarim himoyachi Leon Musaev mualliflik qildi. Takidlab o'tamiz, Musaev "Kuban" jamoasida ko'rikda bo'lib turibdi va hali tomonlar shartnoma imzolamagan.
Mazkur o'yinda "Navbahor" safida Aleksandr Lobanov, Filip Ivanovich, Dostonbek Abdulhaev, Ibrohim Yo'ldoshev, Siyavash Haqnazari, Yovan Jokich, Asadbek Sobirjonov, Toma Tabatadze, Ruslanbek Jiyanov, Jamshid Boltaboev va Jamshid Iskanderov maydonga tushishgan.
O'rtoqlik uchrashuvchi
"Kuban" (Krasnodar, Rossiya) — "Navbahor" (Namangan, O'zbekiston) — 1:0
Gol: Leon Musaev (25).
Fikrlar