So’nggi yangiliklar

13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  3 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  5 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  6 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10

"Navbahor": Toshkentda “Buxoro” bilan o'ynaymiz Yangiliklar

"Navbahor": Toshkentda “Buxoro” bilan o'ynaymiz

Teglar :  Navbahor
"Navbahor"ning Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida tashkil etilgan yig'ini 19 iyul kuni nihoyasiga etadi.
SHundan so'ng futbolchilarga qisqa muddatlik dam olish elon qilinadi. Jamoaning navbatdagi yig'ini esa 21 iyul kuni Toshkentda boshlanadi. Poytaxtda olib boriladigan mashg'ulotlar davomida “Navbahor” ikkita nazorat o'yinida maydonga tushadi. Dastlabki o'yin 23 iyul kuni “Buxoro” jamoasiga qarshi o'tkaziladi. Ikkinchi uchrashuvni o'tkazish sanasi esa 27 iyulga belgilangan. Ayni paytda shu kuni jamoamizga raqib bo'ladigan klub nomiga oydinlik kiritilganicha yo'q. Bu haqda keyinroq xabar berib o'tamiz. Ikkinchi davra boshlangunga qadar murabbiylar mashg'ulotlarda qatnashayotgan futbolchilardan ikki tarkib hosil qilib, ikki taraflamali o'yin o'tkazishni ham rejalashtirishgan.

Bugungi kunda ko'pchilikni tarkibga yangi futbolchilar qo'shiladimi degan savol qiziqtirmoqda. Bu borada bosh murabbiy Ravshan Bozorov quyidagilarni bildirib o'tdi: Hozirda futbolchilar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Kelishuvga erishilgan o'yinchilar Toshkentda tashkil etiladigan yig'inda safimizga qo'shilishlari mumkin. Rejaga ko'ra jamoaga uch nafar yangi futbolchini qo'shib olishni rejalashtirganmiz. “Norin”dan taklif etilgan o'yinchilar orasidan biriga javob berishimiz ham mumkin. Bu tarkibga kelib qo'shiladigan yangi futbolchilarni kim bo'lishiga bog'liq. Davralar oralig'ida safimizga qo'shilgan hujumchi Abdumalik Abdullaevni “Navbahor”da qolishi deyarli hal etildi.
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика