"Navbahor": Tayyorgarlik Toshkentda davom ettiriladi
25 apr 2017 09:05
Yangiliklar
"Navbahor": Tayyorgarlik Toshkentda davom ettiriladi
G'uzorning “SHo'rtan” jamoasiga qarshi o'yindan keyin ikki kun davomida Namanganda mashg'ulot o'tkazgan "Navbahor" azolari “Paxtakor”ga qarshi bahsga hozirlikning qolgan qismini Toshkentda o'tkazishadi.
Kecha ertalab o'tkazilgan mashg'ulotdan keyin futbolchilarga qisqa muddatlik dam olish elon qilindi. Bugun jamoa azolari Toshkentda to'planib mashg'ulotlarni davom ettirishadi. “SHo'rtan”ga qarshi o'yinda jarohat olib maydonni tark etgan Abbos Otaxonov malum vaqt davomida davolanish bilan band bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, “Paxtakor” bilan o'tadigan uchrashuv 28 aprel kuni “Paxtakor” markaziy o'yingohida bo'lib o'tadi.
Fikrlar