So’nggi yangiliklar

00:15Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан гол  0 23:53АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Саутгемптон" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 23:27Аморим Гарначо яна нималарни ўрганиши кераклигини айтди  1 23:02Ўзбекистон миллий терма жамоаси сафида ўзгариш  1 22:50"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 22:19Саудия Арабистони. Пешқадам "Ал Ҳилол" аутсайдер дарвозасига 9та гол урди  3 21:50"Навбаҳор" БААда Хорватия, Арманистон ва Хитой жамоаларига қарши ўйнайди  1 21:30"Сўғдиёна" дарвозабони билан шартномани узайтирди  3 21:08Златан Роналдуга жавоб берди  16 20:44АПЛ топ-клублари қизиққан футболчини "Бавария" илиб кетмоқчи  0 20:16ПСЖда 7-рақамнинг янги эгаси маълум!  1 19:59Гави: "Ямал дунёнинг энг яхши футболчиси"  9 19:34Гари Невилл: "Гарначо ва Рэшфорд кетса, МЮ учун олдинга ташланган катта қадам бўлади"  13 19:10Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоасига хорижлик бош мураббийи тайинланди!  10 18:58Расман: Саҳоб Рашидов "Сўғдиёна"га қайтди!  1

"Navbahor": Tarbiyalanuvchilarimiz O'zbekiston chempioni! Yangiliklar

"Navbahor": Tarbiyalanuvchilarimiz O'zbekiston chempioni!

Teglar :  Navbahor2005 yil
Bugun Namanganda 2005 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida o'tkazilgan O'zbekiston chempionati yakunlandi.

Avval xabar berib o'tganimizdek, musobaqaning finaliga Namangan viloyati va Toshkent shahri terma jamoalari yo'l olishgandi. O'zbekiston chempionatining final uchrashuvida viloyat terma jamoasi o'zagini tashkil etgan “Navbahor-Umid” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari 2:1 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritib, 2005 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida O'zbekiston chempioni degan sharafli nomga sazovor bo'lishdi. Vakillarimizga g'oliblikni taqdim etgan gollarga Muhammadsodiq Abdullaev va Diyor Bahromjonovlar mualliflik qilishdi. Toshkent shahri vakillarining yagona javob to'pi Lazizbek Hakimov hisobiga yozildi.

Final uchrashuvi yakuniga etgach, musobaqaning tantanali yopilish marosimi bo'lib o'tdi. G'olib va sovrindorlarga chempionat medallari va diplomlar topshirildi. Viloyatimiz terma jamoasi azolari kichik oltin medallarga sazovor bo'lishdi. Toshkent shahri vakillari faxrli ikkinchi o'rinni egallab kumush medallarga loyiq topilishgan bo'lsa yarim finalda imkoniyatni boy bergan Navoiy va Toshkent viloyati vakillari bronza medallari bilan taqdirlanishdi. SHuningdek, turli nominaciyalar bo'yicha eng yaxshilar aniqlanib ularga ham maxsus sovg'alar topshirildi. O'zbekiston chempionatida Namangan viloyati terma jamoasi sharafini himoya qilgan tarbiyalanuvchilarimidan Diyor Bahromjonov “Eng yaxshi hujumchi”, Firdavs Umaraliev esa “eng yaxshi yosh futbolchi” deb topilishdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика