So’nggi yangiliklar

00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  0 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  2 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  0 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  2 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  12 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  3 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  4 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2 19:25Илк ўйинида уйига йиғлаб кетган, 15 ёшида терма жамоада дебют қилган ҳамда самолётда шуғулланган "Нефтчи" ҳужумчиси Сильванус Нимели билан яқиндан танишамиз  9 19:01"Неом" "Монако" футболчисини харид қилмоқчи  0

"Navbahor": Tayyorgarlik davom etmoqda Yangiliklar

"Navbahor": Tayyorgarlik davom etmoqda

"Navbahor" 14 mart kuni Oliy liga 1-turi doirasidan o'rin olgan Muborakning "Mashal" klubiga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda.

Har kuni ikki maxaldan mashg'ulotlar o'tkazilmoqda. Olimpiya terma jamoasi bugundan yig'inlarni boshlagani bois jamoamiz bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov hozirda Toshkentda. Mashg'ulot jarayonini esa Islom Ahmedov, Zoxid Nurmatov hamda Mustafo Bayramovlar olib borishmoqda. Bugungi mashg'ulotda futbolchilar dastlab to'p bilan muomila qilish, hujum uyushtirish va himoyalanish bo'yicha mashq o'tkazishdi. So'ngra tarkib ikkiga bo'lingan holda o'zaro kuch sinashdi. "Qizillar" va "sariqlar" o'rtasidagi bellashuv durang natija (2:2) bilan yakun topdi. Sariq ekipirovkali jamoa gollariga A. Turg'unboev va O. Valijonov (pen.) mualliflik qilgan bo'lishsa, "qizillar"dan S. SHixov dubl bilan javob qaytardi. Jamoalar tarkibi quyidagicha ko'rinishga ega bo'ldi:

"Qizillar": Aleksandr Melenchuk, Bobir Akbarov, Yuriy Rijko, Rahmatullo Berdimurodov, Alisher Samatov, Dilshod Jabborov, Sergey Georgiev, Azim Ahmedov, Sanat SHixov, Mo'ydin Mamazulunov, Ulug'bek Baqoev.

"Sariqlar": Xurshid Xo'jaev, Omon-Biik Halilov, Timur Kagirov, Botir To'raboev (Sardor Telyakov), Tohir SHamsitdinov, Otabek Valijonov, Hojiakbar Yunusov, Ilhom Boydedaev, Muhammad Rasulov, Sunnatilla Mamadaliev, Alisher Mahmudov, Aziz Turg'unboev. Kichik jaroxati bor yarim himoyachilar G'ayrat Jo'raev hamda Azamat Bobojonovlar esa yakka tartibda shug'ullanishdi. Mashg'ulot paytida himoyachi Botir To'raboevning ham oyog'i biroz shikastlanganini etirof etish lozim. Mashg'ulotdan olingan fotosuratlarni birozdan so'ng saytga joylanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика