"Navbahor" "Surxon" bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
17 fev 2018, 09:54
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda olib borayotgan Namanganning “Navbahor” klubi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini Pro-liga vakili Termizning “Surxon” jamoasiga qarshi o'tkazdi.

O'yinda hisob ochilmadi. 

Mazkur uchrashuvda “lochinlar” tarkibida quyidagi futbolchilar harakat qilishdi: Ilya Gavrilov, Tomislav Pajovich, Darko Stanoevich, Davron Hoshimov, Mirzohid  G'ofurov, A'zam Aliev, Oston O'runov, Oybek Qilichev, Zohir Pirimov, Azizbek Turg'unboev, Sardor Sulaymonov. 

Zaxiradan maydonga tushganlar: Akbar To'raev, Mirzohid Mamatxanov, Jahongir Mehmonov, Dilshod Jabborov, Ilhom Boydedaev, Behruz Sodullaev,  Ayubxon No'monov, Azamat Allaniyozov, Avazbek Mamatxo'jaev.

Eslatib o'tamiz, Ilhom Mo'minjonov shogirdlari bundan oldin Farg'onaning  “Neftchi” klubi bilan ham 1:1 hisobida durang o'ynashgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати