“Navbahor” Superliga peshqadamiga aylanib oldi. “Bunyodkor” va “Paxtakor” kuchli uchlikda
07 may 2018 08:45
Yangiliklar
“Navbahor” Superliga peshqadamiga aylanib oldi. “Bunyodkor” va “Paxtakor” kuchli uchlikda
Kuchlilarning o'zaro o'yinlari natijasiga ko'ra esa Arveladze jamoasi peshqadam emas. Buxorodagi g'alabadan keyin Namanganning “Navbahor” klubi Superliga peshqadamiga aylanib oldi. Kuchli uchlikni poytaxt klublari yakunlagan.
Andrey Fyodorov “Lokomotiv”ni va nihoyat kuchli oltilikka olib kirgan. 4-o'rin aynan uning jamoasiga tegishli. “Buxoro” esa “Paxtakor”ni hisobga olmasa, kuchli oltilikning qolgan vakillaridan hozircha ochko ololmagan.
CHempionlik yo'lida
Navbahor 5 3 1 1 5:2 10
Bunyodkor 5 3 0 2 9:6 9
Paxtakor 5 2 1 2 6:2 7
Lokomotiv 4 1 2 1 3:4 5
Metallurg 5 1 2 2 4:10 5
Buxoro 4 1 0 3 3:6 3
Quyi oltilikda “Qizilqum”ning ishlari joyida. Hamid Aktamov jamoasi o'zidan kuchlilarga ochko ulashayotgan bo'lsa-da, teng kuchli raqiblarga qarshi o'yinlarni o'z foydasiga hal qilishga erishyapti.
Keyingi to'rtlikda esa ancha qiziqarli holat. Hasanov, Berdiev, Lushchan hamda Kumikov o'rtasidagi kurash Superliga startigacha bo'lgan gumonli taxminlarni yo'qqa chiqarib turibdi. Yani, kuchli oltilikda bo'lmagan klublar o'rtasida ham yaxshigina raqobat yuzaga kelayotganini ko'rish mumkin.
Jon saqlash yo'lida
Qizilqum 5 3 0 2 8:5 9
Qo'qon-1912 4 1 3 0 3:1 6
Nasaf 5 1 3 1 3:3 6
So'g'diyona 5 1 3 1 4:5 6
AGMK 5 1 3 1 3:4 6
Neftchi 4 0 2 2 1:4 2
Fikrlar