So’nggi yangiliklar

07:44Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур давом эттирилади  0 02:02А Серия. "Болонья" ва "Лацио" кучли тўртликка кириб олиш имкониятидан фойдалана олмади  2 01:55Илёс Зейтуллаев: "Чемпионлик учун кураш ҳақида гапиришга ҳали эрта"  2 01:13Миржалол Қосимов: "Айримлар ҳали ҳамон "Насаф"га қарши ўйинда қолиб кетишгандек"  8 01:08"Барселона" яна бир турнирда чемпионга айланди. Бу сафар академия вакиллари Европада тенгсиз бўлишди  8 00:32"Свет йўқ". "Барселона" - "Интер" ўйини эртага ўтказилмаслиги мумкин  10 23:48"Ливерпуль" клуб тарихидаги энг йирик трансфер бюджетларидан бирига эга бўлади  5 23:30Суперлига. Абдухолиқовнинг голи ОКМКнинг мағлубиятсиз сериясини тўхтатди  0 23:25Ўзбекистонлик футболчи Англия клуби йиғинида иштирок этади  7 23:13Озарбайжон. Бобир Абдихолиқов гол урган ва голли узатма берган баҳсда жамоаси ғалабани қўлдан чиқарди  3 22:59"Нефтчи" афсонаси клубга қайтди  7 22:18Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  19 21:20Рэшфорд учун мавсум якунига етди  2 21:00Суперлига. ОКМК мавсумдаги илк мағлубиятини "Бунёдкор"дан қабул қилиб олди  23 19:49"Реал" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр  8

Navbahor, So'g'diyona, Neftchi yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi. Ularga so'nggi muddat berildi Yangiliklar

Navbahor, So'g'diyona, Neftchi yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi. Ularga so'nggi muddat berildi

2024 yil 17 yanvar kuni O'zbekiston futbol associaciyasi Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Kun tartibidan O'zbekiston futbol associaciyasi Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasining 2023 yil 15 dekabrdagi 12-03-sonli yig'ilish bayoni ijrosiga bag'ishlangan masalalar o'rin oldi. O'zbekiston futbol associaciyasi va O'zbekiston Professional futbol ligasi tashabbusi bilan futbol klublarini futbolchilar, murabbiylar va boshqalar oldidagi qarzdorligini bartaraf etilishini taminlash, bu borada futbol klublariga muddat belgilash masalalari Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasining 2023 yil 15 dekabr kunidagi yig'ilishida ko'rib chiqilgan edi.

O'FA Qo'mitasi yig'ilishi bayoniga muvofiq yangi mavsum licenziyalash jarayoni 2024 yil yanvar oyidan boshlanishi, Licenziyalash reglamentining F.04-bandiga asosan futbol klubi o'zining joriy va sobiq futbolchilari hamda murabbiylari oldidagi qarzdorlikni o'z vaqtida bartaraf etishi, shuningdek qarzdorlik mavjud emasligi to'g'risidagi deklaraciyani Licenziya beruvchi organga taqdim etishi lozimligi, shu bilan birga, O'zbekiston futbol associaciyasiga 2023 yilgi mavsum yakunlangandan so'ng futbol klublarining futbolchilar, murabbiylar va boshqalar oldidagi qarzdorligi bo'yicha murojaatlar kelib tushishi ko'paygani sababli futbol klublarining futbolchilar, murabbiylar va boshqalar oldidagi qarzdorligini 2024 yil 10 yanvarga qadar to'liq bartaraf etishi, mazkur muddatga qadar qarzdorliklar to'liq bartaraf etilmagan taqdirda futbol klublariga nisbatan qatiy intizom choralari qo'llanishi to'g'risida ogohlantirish berilgan.

O'tgan davr oralig'ida bazi futbol klublari o'z qarzdorliklarini bartaraf etgan bo'lsada, ayrim klublar Qo'mita qarori ijrosini taminlashda sustkashlikka yo'l qo'ygani hamda qarzdorliklar belgilangan muddatlarda to'lanmaganligi malum bo'ldi. Jumladan, «Paxtakor», «Bunyodkor», OKMK, «Metallurg», «Qizilqum», «Nasaf», «Surxon», «Andijon», «Lokomotiv», «Dinamo plyus», «Mashal», «Xorazm», «SHo'rtan», «Qo'qon-1912», «Aral» futbol klublari futbolchi, murabbiy va boshqalar oldidagi to'lovlarni barqaror ravishda to'lab kelayotganligi aniqlandi. Biroq «So'g'diyona», «Neftchi», «Navbahor lochinlari», «Buxoro», «Turon», «Unired Redbridge», «G'ijduvon» «Zomin bo'rilari», «Angren Paxtakor-79» futbol klublarida qarzdorlik mavjudligi, qarzdorlikni belgilangan muddatda bartaraf etilmaganligi qayd etildi.

Malumki, O'zbekiston futbol associaciyasi Futbolchilarning maqomi va transferi bo'yicha reglamentining 12-moddasi 1-bandida klub futbolchilar va boshqa klublar oldidagi, shuningdek, professional futbolchilar bilan imzolangan shartnomalar va transfer kelishuvlarida ko'rsatilgan shartlarga muvofiq, o'z moliyaviy majburiyatlariga rioya qilishi lozimligi, 2-bandida esa shartnoma bo'yicha to'lovlarni asossiz ravishda 30 kalendar kunidan ortiq muddat davomida kechiktirayotgan klubga shu moddaning 4-bandida sanab o'tilgan sankciyalar qo'llanilishi mumkinligi keltirib o'tilgan.

Yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda, O'FA Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasining qaroriga asosan belgilangan muddatda qarzdorlikni bartaraf etmagani, shuningdek belgilangan talablarga bepisand munosabatda bo'lib kelganligi sababli, O'FA Qo'mitasi tomonidan Futbolchilar maqomi va transferi bo'yicha reglamentining 12-moddasi 4-bandiga asosan «Navbahor lochinlari», «Yangier-quruvchi», «Zomin bo'rilari», «Angren Paxtakor-79» futbol klublarida qishki va yozgi transfer oynasi vaqtida futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga taqiq mavjudligini inobatga olib, ularga nisbatan jarima intizom jazosi tayinlandi.

SHuningdek, Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasi belgilangan muddatda qarzdorlikni bartaraf etmagani uchun Futbolchilar maqomi va transferi bo'yicha reglamentining 12-moddasi 4-bandiga muvofiq «So'g'diyona», «Neftchi», «Buxoro», «Turon», «Unired Redbridge», «G'ijduvon» futbol klublariga nisbatan yangi futbolchilarni qishki va yozgi transfer oynasi vaqtida O'zbekiston Professional futbol ligasidan ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'yilganligi belgilab o'tildi.

O'FA Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasining mazkur qarorida keltirilgan mavjud qarzdorliklar klublar tomonidan qishki transfer oynasi yakuniga qadar to'liq bartaraf etilgan taqdirda yangi futbolchilarni Ligadan ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat etilishi malum qilinadi.

Yuqorida ko'zda tutilgan sport va moliyaviy sankciyalarni qo'llanishidan ko'zlangan asosiy maqsad, avvalo O'FAning tegishli qo'mitasi qarorlari bo'yicha futbol klublarini ijro intizomiga amal qilishga chaqirish, futbolning yaxlitligi saqlash, klublar va futbolchilar o'rtasidagi shartnomaviy barqarorlikni o'rnatish, klublar tomonidan FIFA, OFK va O'FA Reglamentlari talablariga qatiy rioya qilinishini taminlashdan iborat.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика