“Navbahor” sobiq ustozi: “Spartak”ni boshqarishga tayyorman”
28 sen 2022 10:20
Yangiliklar
“Navbahor” sobiq ustozi: “Spartak”ni boshqarishga tayyorman”
Oxirgi ish joyi “Navbahor” bo'lgan Andrey Kanchelskis “Spartak” murabbiyiga aylanmoqchi.
“RPLda murabbiy sifatida ishlamoqchiman. “Spartak”dami? Menga aloqaga chiqishsin, ajoyib suhbat o'tkazamiz. Har narsani gapirishini xush ko'ramiz, maqsadga o'tgan afzal. “Qizil-oqlar”dan taklif tushsa, muhokama qilamiz, bunga tayyorman! Hozir xorijdaman, klub bilan muzokaralar olib bormoqdaman”, deydi 53 yoshli mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, MYU sobiq futbolchisi murabbiylik faoliyati davomida “Navbahor”dan tashqari, “Solyaris”, “Yurmala”, “Volga” (NN), “Ufa” hamda “Torpedo-ZIL” jamoalarini boshqargan.
Fikrlar