So’nggi yangiliklar

08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  2 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  1 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  9 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  9 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1

"Navbahor" sobiq darvozaboni, Rossiya yulduzlari yoxud "Andijon" bugungi raqiblari haqida Yangiliklar

"Navbahor" sobiq darvozaboni, Rossiya yulduzlari yoxud "Andijon" bugungi raqiblari haqida

“Andijon” bugun Antaliyadagi yig'ini doirasidagi so'nggi nazorat uchrashuvlarini o'tkazadi.

Bu safar ham "burgutlar" oldingidek bir kunda ikkita o'yinda maydonga tushadi. 

Dastlab Rossiya birinchi divizion qatnashchisi Moskvaning “Rodina” klubi sparring-raqib vazifasini bajarsa, kunning ikkinchi yarmida Moldavaning “Petrokub” jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.

Dastlab “Rodina”ga to'xtaladigan bo'lsak, bu klub Rossiya birinchi divizionida 12-o'rinni egallab turibdi. Etiborlisi, “Rodina” va “Rodina-2” jamoalari birgalikda Turkiyaga kelishgan.

6 fevraldan Antaliyadagi yig'inini boshlagan “Rodina” shu paytgacha uchta nazorat o'yinida qatnashdi. Dastlab 9 fevral kunining birinchi yarmida “Rodina-2” “Borac” jamoasi bilan 1:1 o'ynadi. Tushlikdan so'ng “Rodina”ning asosiy jamoasi “CHayka”ga qarshi maydonga tushdi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ertasiga, 10 fevralda “Rodina” yana o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Bu safar “Bunyodkor” raqib bo'ldi va unda rossiyaliklar yagona gol evaziga g'alaba qozondi.

“Rodina” klubini muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Dmitriy Parfyonov boshqaryapti. 48 yoshli mutaxassis o'tgan yilning yozidan ushbu klubda bosh murabbiy sifatida faoliyat ko'rsatmoqda. Undan oldin “Arsenal” Tula, “Ural”, “Tosno”, “Tekstilshik” va Rossiya U-18 terma jamoasida faoliyat olib borgan. Zukko ishqibozlar uni ayniqsa “Spartak”dagi o'yinlari orqali yaxshi eslab qolishgan. 

Umuman olganda, “Rodina” klubining murabbiylar shtabi sobiq futbol yulduzlari bilan jamlangan desak, mubolag'a bo'lmasa kerak. Masalan, Parfyonovni yordamchilaridan biri Yuriy Kovtun bo'lib, uni ham ishqibozlar “Spartak” va Rossiya terma jamoasidagi o'yinlari orqali yaxshi bilishadi. Bu ikki tandem futbolchi sifatida “qizil-oqlar” safida to'p surishgan hamda murabbiylikda ham birga ishlab kelishmoqda. 

Bundan tashqari, rossiyalik yana bir sobiq futbol yulduzi Vladimir Beschastnix ham “Rodina” da mehnat qilyapti. U klubda hujumchilar bilan ishlaydigan maxsus murabbiy sifatida qayd etilgan. CHunki Beschastnix futbolchilik faoliyatida taniqli hujumchilardan biri bo'lgandi. Xullas, “Rodina”ni siz yaxshi bilgan rossiyalik sobiq yulduzlar boshqarib bormoqdalar.

“Andijon”ning oxirgi raqibi Moldovaning “Petrokub” jamoasidir. Mamlakat Superligasida ayni paytda musobaqa jadvalida “SHerif”dan so'ng 2-o'rinni egallab turibdi. 2019 yilda Moldova Kubogini qo'lga kiritgan. Evropa Ligasi saralash bahslari qatnashchisi. Superligada 2015 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. 

Ushbu klubga 56 yoshli Ivan Tabanov bosh murabbiylik qilyapti. Uning murabbiylar shtabida o'zbekistonlik muxlislarga tanish bo'lgan Denis Romanenko faoliyat olib bormoqda. Yodingizda bo'lsa, u o'z vaqtida yurtimizda “Dinamo” va “Navbahor” darvozalarini qo'riqlagan. Ayniqsa, namanganliklar safidagi faoliyati orqali ko'pchilikka tanilgandi. Hozirda Romanenko “Petrokub”da darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda. Orada Moldova terma jamoasining darvozabonlar murabbiyi bo'lib ham faoliyat ko'rsatgan. 

Darvoqe, “Petrokub” tarkibida Ruminiya, Rossiya, Ukrina va Irlandiyadan kelgan legionerlar bor.

Eslatib o'tamiz, “Andijon” – “Rodina” bellashuvi Turkiya vaqti bilan 11:00 (Toshkent vaqti bialan 13:00) da boshlansa, “Petrokub”ga qarshi uchrashuv mahalliy vaqt bilan 17:00 (Toshkent vaqtiga 19:00) ga belgilangan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика