"Navbahor" sobiq bosh murabbiyi jamoaga qaytdi

Iskandarov Abdulaziz
9 dek 2024
"Navbahor" jamoasi yangi mavsum oldidan nafaqat tarkib balki murabbiylar shtabida ham yangilikka qo'l urmoqda.

2016 yil bosh jamoaga ustozlik qilgan Rashid G'ofurov endilikda Sergey Lushchan murabbiylar shtabida faoliyat olib boradi. Mutaxassis bunga qadar klubning farm jamoasini boshqarayotgan edi.

Ma'lumot uchun, Rashid G'ofurov futbolchilik faoliyatida ham uzoq vaqt "lochinlar" sharafini himoya qilgan. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia