"Navbahor" sinov-nazorat o'yinida "Lokomotiv" yoshlarini mag'lub etdi
15 iyu 2019 22:48
Yangiliklar


"Navbahor" sinov-nazorat o'yinida "Lokomotiv" yoshlarini mag'lub etdi
Dastlab hisobni "Navbahor" ochdi. 20-daqiqada Zafar To'raev raqiblar jarima maydonchasi ichidagi pala-partishlikdan keyin gol kiritdi. Birinchi bo'lim yakunlanish arafasida Javohir Abdualimov "Navbahor" posboni Dilshod Hamroev bilan birga-bir holatdan unumli foydalandi. Uchrashuvning 78-daqiqasida esa "Lokomotiv" darvozabonining xatosidan keyin G'iyos Komilov jamoasi uchun g'alaba golini kiritdi. Qayd etish kerak, ushbu bahsda "Navbahor" yarim asosiy tarkib bilan, "Lokomotiv" esa to'liqligicha ko'rikdagi futbolchilarni sinab oldi.
Sinov-nazorat o'yini.
«Lokomotiv» U-21 - «Navbahor» 1:2
Gollar: Javohir Abdualimov (42) - Zafar To'raev (20), G'iyos Komilov (78).
«Lokomotiv»: Elyor Baxtiyorov, Sardor Mirzashoirov, Zuxriddin Ibodullaev, Xumoyun Xabibjonov, Avazbek Elmurodov, Mirzoxid Qo'chqorov, Diyor SHavqiev, Azamat Abduxalilov, Javohir Abdualimov, Fozilxon Abdullajonov, Kamron Do'stmuhamedov.
«Navbahor»: Dilshod Xamroev, Abdulaziz Nishonboev, Javohir Olimjonov, Yunus Abduvoxidov, Hojiakbar Yunusov, Nodir Mavlonov, Amirxon Ibragimov, Ilxom Aliboev, Zafar To'raev, Aziz Jumanov, Abdumalik Abdullaev.
Zaxiradan tushganlar: Mirzohid Mamatxanov, G'iyosjon Komilov, Ilhom Alijonov, Ibrohim Salohiddinov, Komil Tojiddinov, Davron Umirov, Abbos G'ulomov, Sardor Azimov, Akrom Bahriddinov, SHerzod Hakimov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar