"Navbahor": "SHo'rtan" bilan bahsga tayyorgarlik boshlandi
18 apr 2017 17:40
Yangiliklar
"Navbahor": "SHo'rtan" bilan bahsga tayyorgarlik boshlandi
Xabaringiz borki, 7-tur doirasida “Navbahor” G'uzorning “SHo'rtan” klubini qabul qiladi.
Jamoa azolari ikki kunlik dam olishdan so'ng bugundan “SHo'rtan”ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Dastlabki mashg'ulot kechki paytga rejalashtirilganligi sababli futbolchilar kunning ikkinchi yarmida klub qarorgohida to'planishdi.
Eslatib o'tamiz, “SHo'rtan” bilan o'yin 22 aprel kuni Namangandagi “Markaziy” o'yingohda soat 17.00da boshlanadi. G'uzorliklar bilan o'tadigan uchrashuvni buxorolik Ilgiz Tantashev boshqarishi haqida ham avval xabar bergandik.
Fikrlar