"Navbahor": "Sho'rtan" bilan bahsga tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
18 apr 2017, 17:40
Xabaringiz borki, 7-tur doirasida “Navbahor” G'uzorning “Sho'rtan” klubini qabul qiladi.

Jamoa a'zolari ikki kunlik dam olishdan so'ng bugundan “Sho'rtan”ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Dastlabki mashg'ulot kechki paytga rejalashtirilganligi sababli futbolchilar kunning ikkinchi yarmida klub qarorgohida to'planishdi.

Eslatib o'tamiz, “Sho'rtan” bilan o'yin 22 aprel kuni Namangandagi “Markaziy” o'yingohda soat 17.00da boshlanadi. G'uzorliklar bilan o'tadigan uchrashuvni buxorolik Ilgiz Tantashev boshqarishi haqida ham avval xabar bergandik.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz