So’nggi yangiliklar

02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  21 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  1 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  3 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  3 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  36 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  22 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14 21:11"Арсенал" ҳар турда йўқотишларга учрамоқда  1

"Navbahor" safiga yana ikki nafar legioner kelishi kutilmoqda Yangiliklar

"Navbahor" safiga yana ikki nafar legioner kelishi kutilmoqda

Teglar :  Navbahor
"Navbahor"ning bugungi kunga rejalashtirilgan mashg'ulotlari ham yakunlandi.

Tarkibda bugun ham hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Ayni paytda talabchan muxlislarimizni tarkibdagi yangiliklarni intizorlik bilan kutayotganliklarini yaxshi tushinib turibmiz. Lekin, tarkibga biror-bir futbolchi qo'shilmagandan keyin kimdir qo'shildi deb noto'g'ri malumot ham bera olmaymiz. SHu sababli, vaziyatni to'g'ri tushunishlarini so'rab qolamiz. Hozirda klub rahbariyati va jamoa murabbiylar shtabi tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida futbolchilar bilan muzokaralarga kirishishgan. Gaplashilayotgan futbolchilarning ikki nafarini xorijik ekanligini aytib o'tish joiz. Legionerlarni yurtimizga etib kelishlari uchun amalga oshiriladigan xujjat ishlari yakuniga etkazildi. Endilikda, ushbu futbolchilarga O'zbekistonga kirishga ruxsat beruvchi viza berilsa kifoya. Bu masala shu kunlarda o'z echimini topishi kerak.  Ertaga bo'lib o'tadigan mashg'ulotlarga esa mahalliy bo'lgan ikki nafar futbolchini qo'shilishi kutilmoqda. Bu borada yangilik bo'lishi bilan rasman malumot beramiz.

Jamoamizning Toshkentdagi yig'inida umumiy hisobda 21 nafar futbolchi ishtirok etmoqda. Muxlislarimizning qiziqishlarini inobatga olgan holda mashg'ulotlarda qatnashayotgan tarkib bilan tanishtirib o'tamiz.

Darvozabonlar: Akmal Ortiqov, Alibek Turobov;
Himoyachilar: Tohir SHamsitdinov, Qahramon Mahammadjonov, Obid Jo'raboev, Igor Golban, Xayrullo Karimov, Azizbek G'ulomxo'jaev;
Yarim himoyachilar: Dilshod Jabborov, Azam Aliev, Otabek Valijonov, Alisher Mahmudov, Akram Bahriddinov, Nodir Mavlonov, Ravshan Aslanov, Sardor Azimov;
Hujumchilar: Mo'ydin Mamazulumov, Timur Ayupov, Oleksandr Pishur, Anvar Rajabov, SHohjahon Abbosov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика