"Navbahor" safida ukrainalik futbolchi ko'rikdan o'tmoqda
06 jan 2014 20:16
Yangiliklar

"Navbahor" safida ukrainalik futbolchi ko'rikdan o'tmoqda
Bugun futbolchilarimiz yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonining ikkinchi bosqichini boshlashdi. Avval xabar berib o'tganimizdek, yanvar oyining dastlabki qismidagi mashg'ulotlar Namanganda olib boriladi.
6 yanvar kuni
jamoa azolari ikki mahallik mashg'ulotlarda ishtirok etishdi. Dastlab,
futbolchilar “Navbahor-Umid” futbol maktabining suniy qoplamali
maydonida shug'ullanishdi. Tushdan keyin o'tkazilgan mashg'ulot esa shahardagi
“Barkamol Avlod” o'yingohida o'tkazildi. Mashg'ulotlar esa Mustafo Bayramov
va Robert Gaylarning boshchiligida bo'lib o'tayotganligini qo'shimcha qilish
joiz.
Mavsumlar oralig'ida tarkibda bir qator o'zgarishlarni ro'y berishini aytib o'tish joiz. Xususan 2014 yilda o'tkazilgan dastlabki kungi mashg'ulotlarda o'tgan mavsumda jamoa sharafini himoya qilgan ayrim futbolchilar ishtirok etishmadi. Qahramon Mahammadjonov, Jahongir Mehmonov, Sobir Hamidovlar shular jumlasidandir. Ushbu futbolchilar boshqa klublar safida to'p surishni ixtiyor etganliklari uchun yig'inga kelishmadi. Mahammadjonov "Olmaliq", Mehmonov "Neftchi" va Hamidov "Mashal" klublari safida shug'ullanishmoqda. O'z navbatida tarkibga uch nafar yangi futbolchi kelib qo'shildi.
Jamoada ko'rikdan o'tish uchun taklif etilgan o'yinchilardan biri Vadim Barba legioner hisoblanadi. 1986 yilning 7 sentyabr sanasida tug'ilgan futbolchi yarim himoyaning chap qanotida to'p suradi. Ushbu futbolchi “Navbahor”ga Kremenchugning “Kremen” klubidan taklif etildi. Vadim Lyubinskiy va Alisher Ahmedovlar esa muxlislarimizga yaxshi tanish. 1982 yilda tug'ilgan Lyubinskiy faoliyati davomida mamlakatimizning bir qator klublari sharafini himoya qilishga ulgurgan. Markaziy himoyachi 2013 yilgi mavsumni birinchi liga vakili “Oq-tepa” jamoasida o'tkazgandi. 1987 yilda tug'ilgan Alisher Ahmedov esa faoliyatini Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasida boshlagandi. Keyinchalik “Nasaf”, “Neftchi” kabi klublar sharafini himoya qilgan futbolchi so'nggi bir yarim yilni Qozog'istonda o'tkazganligini etirof etish joiz. Futbolchi ushbu mamlakat birinchi ligasi qatnashchisi “Gefest” klubida to'p surgan.

Fikrlar