So’nggi yangiliklar

21:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Япония U-23  8 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  2 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  1 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  9 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  4 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  21 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1

"Navbahor" safida Aleksandr Alumona ko'rikdan o'tadi Yangiliklar

"Navbahor" safida Aleksandr Alumona ko'rikdan o'tadi

Bugun "Navbahor" Toshkentda tashkil etilgan yig'inni yakunlaydi.
Avval xabar berib o'tganimizdek, yig'in so'nggida Jizzaxning “So'g'diyona” klubiga qarshi nazorat o'yini o'tkaziladi.

Jizzaxliklarga qarshi uchrashuv soat 12.00da boshlanadi. Biroz oldin jamoamiz safiga rossiyalik futbolchi Aleksandr Alumonani kelib qo'shilganligini aytib o'tish joiz. Faoliyatining asosiy qismini Belarus chempionatida o'tkazgan hujumchi ko'rikdan o'tish uchun Rossiyadan taklif qilindi. Agarda Alumonaning harakatlari murabbiylarimizga manzur bo'lsa yangi mavsumni “Navbahor”da o'tkazish imkoniga ega bo'ladi.

Futbolchi futbolchilik faoliyati davomida umumiy hisobda 145 ta o'yin o'tkazib, 33 ta gol urgan. Aleksandr Evropa CHempionlar ligasi va Evropa ligasida ham maydonga tushishga ulgurgan. CHLda sakkizta uchrashuvda bitta gol urgan. Evropa ligasidagi o'yinlari soni esa to'rttani tashkil etmoqda.

Alumona garchi Rossiya fuqarosi sanalsada va Moskvada tug'ilgan bo'lsada, kelib chiqishi afrikaliklarga borib taqaladi. Aleksandr faoliyatini Vengriyaning “Dunakanyar-Vac” klubida boshlagan. Lekin, hujumchi ushbu klub safida u qadar ko'p vaqt bo'lmadi. 2003 yili klub azosiga aylangach to'rtta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini bir bor nishonga oldi. 2004 yilning ikkinchi yarmida esa “Fexervar”ga ko'chib o'tdi. Bu jamoa safida 2007 yilgi mavsumgacha 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, to'rtta gol urishga erishdi. Keyinchalik futbolchi Belarusning “Neman”, BATE, “SHaxtyor”, “Gomel”, “Naftan”, “Belshina” va “Isloch” jamoalari sharafini himoya qilgan. 2013 yili “Tobol” safida ham to'p surishga ulgurgan.

O'tgan mavsum ikkinchi yarmida Alumonaga “Qaysar”dan taklif tushgandi. Lekin, malum sabablarga ko'ra klub vakillari uni ro'yxatdan o'tkaza olishmagandi. SHu sababli, ortga qaytgan hujumchi birinchi liga jamoasi safidan joy olishga majbur bo'lgandi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика