"Navbahor" Rossiyaning uchinchi divizioni klubiga qarshi o'yinda qaysi futbolchilar maydonga tushishini elon qildi
12 fev 2021 13:48
Yangiliklar


"Navbahor" Rossiyaning uchinchi divizioni klubiga qarshi o'yinda qaysi futbolchilar maydonga tushishini elon qildi
Turkiyaning Belek shahrida yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan “Navbahor” jamoasi bugun navbatdagi nazorat-sinov bahsini Smolenskning "Krasniy" jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Mazkur uchrashuvda “Navbahor” murabbiylar shtabi asosan ikkinchi tarkib futbolchilarini maydonga tushirib, ularning imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishni rejalashtirgan. CHunki bir necha kundan so'ng “lochinlar”ni “Ural”ga qarshi yana bir o'rtoqlik uchrashuvi kutib turibdi. Qolaversa, No'mon Hasanov shu tariqa qo'l ostidagi barcha futbolchilar, jumladan, jamoada ko'rikdan o'tayotganlarning ham o'yiniga baho berish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Unga ko'ra, bugungi bahsni quyidagi futbolchilar dastlabki daqiqalardan boshlashadi:
Rahimjon Davronov, SHahzodbek Hamidov, Mirzohid Mirzamahmudov, Farhod Mirahmatov, SHerzod G'ulomjonov, Sardor Telyakov, Islom Isoqjonov, Husayn Ergashboev, Ehsoni Panshanbe, Ilhom Aliboev, SHohruh Mahmudhojiev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar