Rasmiy xabar. “Navbahor” rossiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
07 fev 2020 21:49
Yangiliklar


Rasmiy xabar. “Navbahor” rossiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Bolov 1994 yil, 7 mayda Rossiyaning Nalchik shahrida tug'ilgan. Ampluasi – hujumchi.
Futbolchilik faoliyati davomida Rossiyaning “Spartak - Nalchik” (Nalchik), “Krasnodar-2” (Krasnodar), “Volgar” (Astraxan), “Fakel” (Voronej), “Avangard - Kursk” (Kursk) va “Ximki” (Moskva viloyati) jamoalarida o'ynagan.
O'tgan mavsumni esa Belarusning “Gomel” (Gomel) klubida o'tkazgan.
Ruslan Bolov 5 fevral kuni poytaxtimiz Toshkentda tibbiy ko'rikdan o'tdi hamda shu kunlarda o'z o'quv-mashg'ulot yig'inini Turkiyada o'tkazayotgan jamoa ixtiyoriga etib boradi.
Biz yangi mavsumda Ruslan Bolovga omad yor bo'lishi va chiroyli o'yinlari hamda gollari bilan "Navbahor"ning g'alabalariga munosib hissasini qo'shishini tilab qolamiz", - deb yozadi “Navbahor” matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar