So’nggi yangiliklar

13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  0 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  0 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  2 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  8 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  0 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  2 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  2 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  3

"Navbahor" rahbariyati "Paxtakor" bilan o'yinga kelgan 27 muxlisni jazoladi Yangiliklar

"Navbahor" rahbariyati "Paxtakor" bilan o'yinga kelgan 27 muxlisni jazoladi

Teglar :  Navbahormuxlislar
Bugun “Navbahor” “Markaziy” o'yingohining anjumanlar zalida navbatdan tashqari yig'ilish o'tkazildi.

Unda Namangan viloyat futbol associaciyasi vice-prezidenti SHamshod Ergashovich Sarikov, Namangan viloyat futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Bahrom Muhitdinovich Xolmirzaev, “Navbahor” PFK direktori v.b. Ilhomjon Qodirovich Mirzaboev, “Navbahor” PFK va “Markaziy” o'yingoh xodimlari, “Navbahor” Muxlislar bilan ishlash bo'limi etakchisi Farhod Umaraliev, shuningdek, “Navbahor” jamoasining ashaddiy ishqibozlari ishtirok etishdi.

Mazkur yig'ilishda SHamshod Ergashovich so'zga chiqib, Superliga 23-turi doirasidagi “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvida ajoyib muxlislik qilishgani, fantastik muhit yaratib berishgani uchun ishqibozlarga o'z minnatdorchiligini bildirib, uchrashuvning so'nggi daqiqasida Igor Golban tomonidan urilgan golda muxlislarning ham munosib hissalari borligini alohida takidladi.



SHuningdek, SHamshod Ergashovich o'z so'zida guruch kurmaksiz bo'lmaganidek, muxlislar orasida ham madaniyatsiz, muxlislik etikasiga rioya qilmaydigan ishqibozlar ham borligiga to'xtalib, kechagi o'yinning videoyozuvini stadionda o'rnatilgan kameralar orqali ko'rib chiqib, tartibsizlikka yo'l qo'ygan 27 nafar muxlis shaxsini aniqlab, ularga nisbatan keskin choralar ko'rilganligi, endi ushbu ishqibozlar “Navbahor”ning joriy mavsum yakunigacha bo'lgan barcha bahslarida stadionga kiritilmaydigan bo'lishganini takidladi.
SHuningdek, mazkur yig'ilishda “Navbahor”  Muxlislar bilan ishlash bo'limi etakchisi  Farhod Umaraliev ham ogohlantirildi. Muxlislar yana shunday tartibsizlikka yo'l qo'yadigan bo'lishsa, unga nisbatan ham qatiy choralar ko'rilishi belgilandi.

Ushbu yig'ilishdan kelib chiqib, “Navbahor” jamoasining Pepsi Superliganing birinchi bosqich uy uchrashuvlariga eng ko'p muxlis tashrif buyurganligi uchun ularga PFLning maxsus sovg'asi topshirilgani va muxlislar shunga yarasha ishonchni oqlashlari, muxlislik madaniyatini oshirishlari, mehmon jamoa vakillari  hamda  hakamlarga nisbatan  haqoratli so'zlar ishlatmasliklari, ularni hurmat qilishlari lozimligi takidlandi va ushbu masala bo'yicha chora-tadbirlar belgilandi.


“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика