"Navbahor": "Qizilqum"ga qarshi o'yinni Agishev boshqaradi
08 avg 2017 18:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/269970_original.jpg)
![](/upload/storage/269970_220.jpg)
"Navbahor": "Qizilqum"ga qarshi o'yinni Agishev boshqaradi
12 avgust kuni Namangandagi “Markaziy” o'yingohda
bo'lib o'tadigan uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar nomi malum bo'ldi.
Unga ko'ra “Navbahor” – “Qizilqum” bahsini Vadim Agishev boshqaradi. Unga
qanotlarda Artyom Kalinin va Ravil SHoyaxmetovlar yordam berishadi.
Zaxiradagi hakam vazifasini Aleksandr Lupashko bajaradi. Artyom Arutyunov
nazoratchi hakam etib tayinlangan bo'lsa uchrashuvni PFL vakili sifatida
Valeriy Lyotkin kuzatib boradi.“Qizilqum”ga
qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish maqsadida jamoamiz azolari kecha
Namanganda to'planib, mashg'ulotlarga kirishishgandi. Kecha engil mashqlarni
bajargan futbolchilarimiz bugundan jiddiy tarzda shug'ullanishadi. 12 avgust
kuni Namangandagi “Markaziy” o'yingohda bo'lib o'tadigan uchrashuv soat
19.00da boshlanishini qo'shimcha qilish joiz.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar