"Navbahor" - "Qizilqum” uchrashuvi Navoiyga ko'chirildi
28 may 2014 15:42
Yangiliklar
"Navbahor" - "Qizilqum” uchrashuvi Navoiyga ko'chirildi
Mavsum boshida tasdiqlangan chempionat taqvimiga ko'ra 1 iyun kuni “Navbahor” o'z maydonida Navoiyning “Qizilqum” klubini qabul qilishi lozim edi.
29-31 may kunlari Namangan shahrida “Barkamol Avlod-2014” Respublika musobaqasining final bosqich o'yinlari bo'lib o'tishi sababli tomonlar o'zaro kelishgan holda uchrashuv joyini o'zgartirishdi. Har ikki klub tomonidan bildirilgan takliflarni o'rganib chiqqan PFL “Navbahor” va “Qizilqum” klublarining istaklarini inobatga oldi.
Unga ko'ra raqiblar birinchi davradan o'rin olgan uchrashuvni Kosonsoyda emas, aksincha Navoiy shahrida o'tkazadigan bo'lishdi. 23-tur turdagi qarama-qarshilik esa 17 oktyabr kuni Namangan shahrida bo'lib o'tadi.

Fikrlar