So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  13 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  8 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  7 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

"Navbahor": "Qizillar" va "Ko'klar" o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi Yangiliklar

"Navbahor": "Qizillar" va "Ko'klar" o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi

“Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis futbolchilarning jismoniy holatlari qandayligini sinovdan o'tkazish maqsadida, jamoa azolarini ikki tarkibga bo'lgan holda nazorat - sinov bahsi o'tkazdi.

Mazkur uchrashuvda jamoalar shartli ravishda “qizillar” va “ko'klar”ga ajratildi.

Jamoamiz azolari ushbu bahsda o'zlarining nimalarga qodirliklarini namoyish etishga harakat qilishgani bois, o'yin ancha shiddatli va keskin kurashlar ostida o'tdi.

Hisobni “ko'klar” ochishdi. Tajribali hujumchi SHerzod Hakimov jamoasining navbatdagi hujumini samarali tarzda yakunlab, O'tkir Yusupov qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi – 0:1.

Muvozanatni tiklashga intilgan “qizillar” hujumkorlikni kuchaytirishdi. SHunday hujumlarning birini rossiyalik hujumchi Aleksandr Kasyan samarali tarzda yakunlab, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi – 1:1.

Natijada futbolchilar tanaffusga 1:1 hisobidagi durang hisobi bilan chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo'lim ham ancha qiziqarli tarzda kechdi. Uchrashuvning 59-daqiqasida Ayubxon Nomanov jamoasini oldinga olib chiqdi – 1:2.

SHundan so'ng, “qizillar” hisobni tenglashtirishga intilishgan bo'lsa, “ko'klar” mustahkam himoyalangan holda, bunga yo'l qo'yishmadi hamda vaqti-vaqti bilan qarshi hujumga o'tib turishdi.

Ammo darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi va “ko'klar” mazkur o'yinda 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.



“Qizillar” – “Ko'klar” – 1:2 (1:1)

“Markaziy” o'yingoh. 200 tomoshabin.

Hakamlar
: G'ayrat Jo'raev, Rasuljon Fozilov, Denis Nexochin.

Gollar: A.Kasyan (35) – SH.Hakimov (20), A.Nomanov (59).

“Qizillar”: Dilshod Hamroev, Obid Jo'raboev, G'iyos Komilov, Hojiakbar Yunusov, Iskandar Siddiqjanov, Komil Tojiddinov, Azimjon Ahmedov, Ivan Solovyov, Aziz Ibragimov, Azizbek Turg'unboev, Aleksandr Kasyan.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Mirzohid Mamatxanov, Qodir Ikromov, Yunusbek Abduvohidov.

“Ko'klar”: O'tkir Yusupov, Jahongir Mehmonov, Igor Golban, Mirzohid G'ofurov, SHahzod SHaymanov, Nodir Mavlonov, Ilhomjon Aliboev, Abdulhay Ismoilov, Abbos G'ulomov, Ayubxon Nomanov, SHerzod Hakimov.

Zaxiradan maydonga tushganlar:
Husayn Ergashboev, Muhammad Sultonov.


“Navbahor” PFK matbuot xizmati.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика