So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

"Navbahor" PFKda yig'ilish o'tkazildi Yangiliklar

"Navbahor" PFKda yig'ilish o'tkazildi

Teglar :  Navbahor
Bugun Namangan shahridagi “Markaziy” o'yingoh foyesida yig'ilish o'tkazildi.

Unda Namangan viloyat futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti SHuhrat Mirahmadshaevich Mirxoldirshoev, “Navbahor” PFK vice-prezidenti Oybek Arifovich Samatov, shuningdek, klub rahbariyati, xodimlari, “Navbahor” jamoasi murabbiylar shtabi va futbolchilari ishtirok etishdi.

Yig'ilishda “Navbahor”dagi ichki muhit, jamoaning so'nggi o'yinlardagi omadsizligi sabablari, ijtimoiy tarmoqlarda “Navbahor” to'g'risida bildirilayotgan turli fikrlar, shuningdek, jamoamizning Coca Cola Superligasining 17-turidan o'rin olgan Qarshining “Nasaf” jamoasiga qarshi kechadigan o'yiniga tayyorgarlik bo'yicha masalalar muhokama qilindi.

Ushbu masalalar bo'yicha “Navbahor” PFK vice-prezidenti Oybek Samatov, Namangan viloyat futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti SHuhrat Mirxoldirshoev,”Navbahor” PFK direktori Baxtiyor Nurmatov, jamoa bosh murabbiyi Andrey Antanasovich Kanchelskis, murabbiy No'mon Hasanov, jamoa sardori Azimjon Ahmedov, bundan tashqari, futbolchilardan Ivan Solovyov, Igor Golban, Ruslan Bolov, O'tkir Yusupov, Davron Hoshimov hamda Mirzohid G'ofurov so'zga chiqib, o'z fikrlarini bildirishdi.

Jumladan, “Navbahor” PFK vice-prezidenti Oybek Samatov “Navbahor”ga murabbiy Ilhom Mo'minjonovning taklif etilganligi asossiz ekanligi, Mo'minjonov bilan hech qanday muzokara olib borilmaganligini aytib o'tdi.

Futbolchilar ham ijtimoiy tarmoqlarda “Navbahor” to'g'risida tarqalayotgan malumotlarning haqiqatdan ancha yiroq ekanligi, klub rahbariyati tomonidan jamoaga barcha sharoitlar yaratib berilayotganligi, jamoadagi ichki muhit alo darajada ekanligi, faqatgina so'nggi o'yinlarda jamoadan omad yuz o'girayotgani, keyingi o'yinlarda maydonga g'alaba ishtiyoqida tushib, zafar quchish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishlari, “Nasaf” bilan bo'ladigan o'yinda jamoaning omadsizligiga barham berib, g'alaba qozonish niyatida ekanliklarini takidlashdi.

O'z navbatida klub rahbariyati ham “Navbahor” jamoasiga bo'lajak o'yinlarda omad yor bo'lishini tiladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: -22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика