So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

Superliga. "Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvida oltita gol urildi Yangiliklar

Superliga. "Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvida oltita gol urildi

Teglar :  NavbahorPaxtakor
Superliganing 23-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH


O'yinning 6-daqiqasida Dragan CHeran birga bir vaziyatda to'pni sherigiga uzatishda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Juda qulay imkoniyat boy berildi. 14-daqiqada Masharipov tepgan to'pni Ergashev qiyinchilik bilan darvoza ustidan urib yubordi.

25-daqiqada SHerzod Karimovning zarbasi kuchsiz chiqdi. Keyingi hujumda Gonsalvesh himoyachidan to'pni egallab olib, jarima maydoni ichidan noaniq zarba berdi. 38-daqiqada Golbanning yaqin masofadan tepgan to'pini Suyunov ushlab qoldi.

40-daqiqada Ayubxon No'monov hisobni ochdi - 1:0. 

48-daqiqada Masharipovning burchakdan oshirgan to'pini Dragan boshi bilan darvozaga yo'lladi va to'p to'singa tegib darvoza ichiga tushdi - 1:1. 

51-daqiqada CHeranning aniq zarbasini Ergashev qiyinchilik bilan qaytardi, qaytgan to'pni darvozaga yo'llagan Masharipovning goli ofsayd tufayli bekor qilindi. 

60-daqiqada Gonsalveshning bosh bilan bergan zarbasi noaniq chiqdi. 

71-daqiqada  Golban to'pni qo'li bilan o'ynagani sababli penalti belgilandi. Ismoil Gonsalvesh 11 metrli jarima to'pidan gol urdi - 1:2.

76-daqiada Turg'unboev jarimadan oshirilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi - 2:2. 

80-daqiqada Bezerra oshirgan to'pni Sayfiev yaqin masofadan boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi - 2:3. 

89-daqiqada burchakdan oshirilgan to'pni Igor Golban boshi bilan darvozaga yo'lladi - 3:3. 

Uchrashuvda durang qayd etildi.


14 sentyabr, juma
“Navbahor” – “Paxtakor” 3:3
Hakamlar:
Aziz Asimov, Ruslan Seraziddinov, Alisher Usmonov, Akmal Rahimov.
Nazoratchi: Dmitriy Roman.
Komissar: Mamur Saidqosimov.

Gollar: Ayubxon No'monov 40, - 1:0. Dragan CHeran 48, - 1:1 (Jaloliddin Masharipov).  Ismoil Gonsalvesh 72 penalti, - 1:2. Azizbek Turg'unboev 76, - 2:2. Farrux Sayfiev 80, - 2:3 (Tiago Bezerra). Igor Golban 90, - 3:3 (SHerzod Karimov).

"Navbahor": 1.Botirali Ergashev, 5.Igor Golban, 7.SHerzod Karimov, 10.Azizbek Turg'unboev, 8.Ayubxon No'monov, 9.Dilshod Jabborov (14.Ilhom Boydedaev, 83), 19.Mirzohid G'ofurov, 21.Azam Aliev, 24.Davron Hoshimov, 30.Darko Nikach (15.Azamat Allaniyozov, 90+2), 44.Darko Stanoevich
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 17.Sardor Sulaymonov, 27.Ravshan Do'smatov, 33.Tomislav Payovich, 35.Dilshod Hamroev, 77.Muzaffar Abdullaev, 99.Sarvar Soliev

"Paxtakor": 25.Eldorbek Suyunov, 2.Akmal SHorahmedov, 4.SHerzod Azamov, 7.Azim AHmedov, 8.Dilshod Rahmatullaev, 9.Jaloliddin Masharipov (22.Jasur Yaxshiboev, 88), 11.Ismoil Gonsalvesh (21.Kamoliddin Tojiev, 85), 15.Egor Krimec, 34.Farrux Sayfiev, 69.Dragan CHeran, 77.Tiago Bezerra
Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 3.Xojiakbar Alijonov, 6.Jahongir Ahmadov, 10.Jamshid Iskanderov, 18.Bahrom Abdurahimov, 29.Vladimir Kozak, 88.Igor Sergeev

Ogohlantirishlar: Egor Krimec 29, Davron Hoshimov 29.


Reyting: +81   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика