So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

"Navbahor" Panchshanbening sotuvidan foyda qila oladimi? (FR blogi) Yangiliklar

"Navbahor" Panchshanbening sotuvidan foyda qila oladimi? (FR blogi)

Championat.asia'ning "Eshitdik-da!" rukni navbatdagi transfer ochiqlamasini amalga oshirdi.

Unda takidlanishicha, "Navbahor" Turkiyaning "Xatayspor" klubi bilan Ehsoni Panchshanbening transferini muhokama qilayotgan ekan. Xo'sh, ushbu muzokarani qanday istiqbol kutmoqda? Quyida shu haqda.

Ehsoni Panchshanbe — 1999 yilda tug'ilgan, Tojikiston chempionatining 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi. U 2020 yilning senyabr oyida "Istiqlol"dan "Navbahor" tarkibiga ko'chib o'tdi. "Transfermarkt" portali malumotiga ko'ra, Ehsoni Namangan klubi uchun 200 ming evroga tushgan (o'shanda uning transfer bahosi 350 ming evroga barobar edi).

U bugunga qadar "lochinlar" libosida 29 uchrashuv o'tkazib, o'z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo'ygan. Panchshanbening "Navbahor" bilan shartnomasi 2022 yilning oxiriga qadar amal qiladi.

"Xatayspor" — 2020 yil Turkiya Superligasida debyut qildi. SHunga qaramay, o'zining elitadagi ilk mavsumida ancha muvaffaqiyatli qatnashib, 6-o'rinni band qildi. Jamoa tarkibida Aaron Bupendza va Mame Biram Diuf singari kuchli hujumchilar bor (ikkala forvard Superliganing o'tgan mavsum to'purari bo'lishdi). Jamoa tarkibidagi eng qimmat futbolchi 24 yoshli Bupendza hisoblanadi — 8,5 mln evro.

Bevosita Panchshanbe o'ynaydigan poziciyada esa Adama Traore hamda Ruben Ribeyro singari tajribali futbolchilar bor. SHu tufayli transfer amalga oshsa ham, Ehsonining bu jamoa tarkibida o'ynab ketishi qiyin bo'ladi.

Yuqorida tojikistonlik futbolchining transferi "Navbahor" uchun 200 ming evroga tushgani haqida aytdik. Malumotlarga qaraganda, jamoa rahbariyati Panchshanbeni xuddi shuncha mablag' evaziga qo'yib yuborishni rejalashtiryapti. Ammo, bu masala juda qiyin. Boisi shundaki, "Xatayspor" transferlar uchun deyarli mablag' sarflamaydi va shu yo'l bilan foyda qilish haqida o'ylamaydi.

Malumot uchun, klub tarkibida muvaffaqiyatli to'p tep(ayot)gan Muhammad Kamara, Mame Biram Diuf, Ruben Ribeyro, Munir, Aaron Bupendza, Isaak Sakey singari legionerlarning barchasi erkin agent sifatida kelib qo'shilgan. SHunday ekan, "Xatayspor"ning Ehsoni uchun 200 ming evro to'lashiga ishonish imkonsiz.

Qadrli muxlis, siz qanday fikrdasiz? Panchshanbening Turkiya Superligasiga transferi amalga oshadimi?

Muallif :
Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика