So’nggi yangiliklar

08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  0 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  1 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  3 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  1 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  6 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  7 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  64 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  3 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  8 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0

"Navbahor" o'ziga o'xshagani yo'q". Mirzohid G'ofurov birinchi davradagi omadsizlik sababini ochiqladi Yangiliklar

"Navbahor" o'ziga o'xshagani yo'q". Mirzohid G'ofurov birinchi davradagi omadsizlik sababini ochiqladi

Namanganning "Navbahor" jamoasi Superliganing birinchi davrasini 10 o'rinda yakunladi.

Futbolchilarga yaratilayotgan sharoitlar, jamoaning tarkibiga nazar tashlaydigan bo'lsak, bu o'rin ular uchun sira munosib emasligini ko'rish mumkin. Ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlagan "lochinlar" o'z qarorgohlarida mashg'ulotlarga zo'r berishgan. Biz bu borada "Navbahor"ning tajribali futbolchisi Mirzohid G'ofurovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Mavsum boshida jamoa katta maqsadlar, yaxshi niyatlar bilan Superligaga yo'lga chiqqandi. Lekin jamoa qayd etgan natijalar yaxshi bo'lmadi. Bor imkoniyatidan foydalana olgani yo'q. Umumiy qilib aytganda birinchi davra hususida qanday xulosalar yuzaga keldi?

- Albatta, jamoamiz birinchi davrada o'z imkoniyati darajasida ishtirok eta olmadi. "Navbahor"ga 10 o'rin yarashmaydi. Jamoamizning omadsizligiga bir qator obektiv va subektiv sabablarni keltirishim mumkin. O'z maydonimizdagi uchrashuvlarda "So'g'diyona", "Andijon"ga imkoniyatni boy berib qo'yganligimiz, shuningdek Superliga debyutanti "Turon" bilan (0:0) hisobidagi durang o'ynaganimiz ham ochkolarimizga, turnir jadvalidagi holatimizga o'z tasirini o'tkazdi. Takidlash joizki, jizzaxliklar va andijonliklar shu kungacha Namanganda g'alaba qozona olishmagandi. Afsuski, "Navbahor"ning mazkur yoqimli annasi bu mavsumda barham topdi. Bundan kelib chiqdiki, jamoa birinchi davrada o'ziga o'xshamadi.   

- Barqarorsizlikda hamma turli sabablarni ro'kach qilib ko'rsatmoqda. Jamoaning ichidagi futbolchi sifatida siz bu borada nima, deya olasiz?

- Barqarorsizlikning sababi ko'p. Yangi mavsumga No'mon Hasanov qo'l ostida tayyorgarlik ko'rgandik. Ilk turdan so'ng murabbiy istefoga chiqarildi va Viktor Jalilov tayinlandi. Yangi murabbiyning uslubiga ham moslashish uchun vaqt talab etiladi. Bundan tashqari yangi kelganlar bilan maydonda o'zaro chiqishib ketishga fursat kerak bo'ldi. Muvaffaqiyatsizlikka shu omillarni sabab sifatida ko'rsatgan bo'lardim.

- Samvel Babayan yaqinda "Navbahor"da maslahatchi murabbiy sifatida ish boshladi. Futbolchilar uni qanday qarshi oldi?

- Samvel Babayan yurtimizning taniqli murabbiylaridan biri. SHu bois Samvel Vyacheslavovichni futbolchilar iliq qarshi olishdi. 

- Superligada tanaffus yuzaga keldi. Jamoalar ayni paytda ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan, shular qatorida "Navbahor" ham. Birinchi davradagi omadsiz ishtirokdan so'ng ikkinchi davrada boshqacha natijalar kutilishi tabiiy...

- Ikkinchi davrada "Navbahor" o'zgacha o'yin namoyish etib, ijobiy natijalar qayd etadi, deb o'ylaman.

- CHempionatimizda yozgi transferlar oynasi ochildi. Boshqa jamoalardan yangi chorlovlarni qabul qildingizmi?

- Bir qator jamoalardan takliflar bo'ldi. Lekin "Navbahor" bilan amaldagi shartnomam borligi uchun mazkur takliflar bilan qiziqmadim. Ikkinchi davrada o'z o'yinim bilan jamoamizning g'alabalariga munosib hissa qo'shish niyatidaman.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика