So’nggi yangiliklar

00:38Лукас Пакетанинг "Фламенго"га ўтиши расман тасдиқланди. Футболчи унга қўйилган нотўғри айбловлар оқибатида ватанига қайтишга қарор қилди  0 00:21ЕЧЛ. "Боруссия Д" – "Интер", ПСЖ – "Ньюкасл" ва бошқа эътиборли учрашувларнинг бошланғич таркиблари маълум  0 00:10ЕЧЛ. "Барселона" – "Копенгаген". Таркиблар аниқ!  1 00:02ЕЧЛ. "Бенфика" – "Реал Мадрид". Бошланғич таркиблар аниқ!  7 23:56ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Галатасарой". Ҳусанов асосий таркибда!  6 23:41"Динамо" назорат учрашувида "Акрон"га кичик ҳисобда мағлуб бўлди  1 23:02Эрон. "Персеполис" меҳмонда Фуладга ютқазди. Ўрунов бир тайм ўйнади  0 22:33"Насаф" назорат учрашувида "Иртиш"ни мағлубиятга учратди  7 22:12"Қўқон-1912" Туркиядаги илк назорат ўйинида Косово клубига ютқазди  1 21:42"Манчестер Сити" Оскар Боббни АПЛнинг бошқа клубига сотиш бўйича келишувга эришди  0 21:09Стерлинг ўз академиясида болаларни машқ қилдирмоқда. "Челси" футболчиси бу мавсум майдонга тушмади  2 20:45"Челси" Эндрикни сотиб олиш учун катта сумма тўлашга тайёр  5 20:22"Барса" ва "Ман Сити" Дюмфрисга қизиқишини сақлаб қолмоқда  0 19:45"Перес эффекти". Флорентино Беллингем ва бошқа юлдузлардан муносабатни ўзгартиришни талаб қилди  20 19:03Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлим ўтди (тўлиқ тақвим)  38

"Navbahor" o'z kuchini maydonda ko'rsatadi! Yangiliklar

"Navbahor" o'z kuchini maydonda ko'rsatadi!

Teglar :  NavbahorMashal
Bugun "Mashal" klubi rasmiy saytida "Kim kimdan norozi?" nomli maqola chop etildi.

Unda kecha Muborakda bo'lib o'tgan "Mashal" - "Navbahor" uchrashuvidagi vaziyatlar yuzasidan muborakliklar tomonidan keskin fikrlar hamda videolavxa joylandi. Muxlislar bir tomonlama yozilgan maqolani o'qib, noto'g'ri fikrga bormasliklari uchun ushbu vaziyatlarga to'xtalishni va o'z fikrimizni bildirib o'tishni lozim topdik.

Dastlab o'yindan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanidagi savol-javoblarga etibor qaratdik. Jamoamiz bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov "Navbahor" darvozasiga urilgan birinchi golda aybni hakamlarga og'dirmagan! Ashurmatov o'z intervyusida ham "bahsli vaziyat yigitlar ruhini sindirib qo'ydi" deb aytagan, xolos. Aksincha, murabbiyimiz tomonidan referilar ishini baxolaydigan nazoratchi borligi takidlangan. Xo'sh, bu erda hakamlik to'g'risida etiroz bormi?

SHuningdek maqolada o'yindan so'ng hakamlarga namanganliklar murabbiylari keskin etirozlar bildirishgani yozilgan. Ammo, Baxtiyor Ashurmatov bilan bog'langanimizda, murabbiy o'yindan so'ng hakamlar bilan ko'rishmaganini va ular oldiga kelmaganini bildirdi. Bosh murabbiyimiz tribunadan kiyim almashtirish xonasiga o'yindan so'ng yarim soat o'tgach tushganini aytdi. Baxtiyor Azamovich shogirdlari oldiga kirganida hakamlar brigadasi o'yingohni tark etib bo'lgan edi.  

Birinchi vaziyat bo'yicha! (Zohir Qo'zboevning o'yindan tashqari xolatda qolgani)
Maqoladagi "Qo'ziboev ikki metr ortda turib qanday qilib o'yindan tashqari holatda deb topilgan ekan" jumlasi bizni qiziqtirib qo'ydi. Vaxolanki maydon markazidan tasvirga oligan videolavxani qayta-qayta ko'rib chiqilganda ham ushbu vaziyatda raqib hujumchisi va himoyachimiz deyarli bir chiziqda turishganini guvoh bo'ldik. Hech qanday ikki metrlik oraliqni ko'rganimiz yo'q. Bunday 50/50 holatda hakamlar Qo'ziboevni o'yindan tashqari xolatda deb hisoblashgan. Etiborlisi, bosh hakam xushtagini chalganidan so'ng "Mashal" hujumchisi gol urgani va futbolchiga sariq kartochka ko'rsatilmagani to'g'risida muborakliklar og'iz ochishmagan!

Ikkinchi vaziyat bo'yicha! ("Mashal"ning birinchi urgan goli) "Mashal" xodimlari bunday keskin fikr bildirishdan avval o'yin videoyozuvi tushirilishi va operatorlarining saviyasiga etibor berishsa maqsadga muvofiq bo'lardi. CHunki "Mashal" vakillari saytga joylagan videorolikda "Navbahor"ga urilgan birinchi golni 100 marotabadan ko'rib chiqilsa ham aniq bir fikr bildirish mushkul. Bilasiz, gol inobatga olinishi uchun to'p darvoza chizig'ini to'la kesib o'tgan bo'lishi kerak. Eng kuchli mutaxassis ham bu xolatda gol bo'lgan yoki bo'lmaganini 100 foiz ishonch bilan ayta olmaydi! "Mashal" xodimlari ko'proq o'z ishlariga etibor berib, sifatliroq va kishini ikkilantirmaydigan darajadagi videoni taqdim etishsa yaxshi bo'lardi.

Uchinchi vaziyat bo'yicha! (Mirzoxid G'ofurovning "provokaciyasi") Birinchidan: muborakliklar futbolchisi Mirzoxid G'ofurov to'psiz qarshi hujumga o'tib borayotgan Azim Ahmedovni qo'pollik ishlatib yiqitib, jamoamiz hujumini to'xtatib qoldi. Tolibjonovning Ahmedovga qizil kartochka berish qarorini xaqqoniy deb o'ylaymiz. Lekin, bir bor avval ogohlantirilgan futbolchimizni G'ofurov juda qo'pol harakat qilib, asabiylashishiga sababchi bo'lganini "Mashal" xodimlari yozishni istashmagan ko'rinadi... Umuman "Navbahor"ga ham "Mashal"ga ham befarq bo'lgan oddiy muxlis G'ofurovni sariq kartochkaga loyiq deb topishi turgan gap. Nima bo'lgan taqdirada ham Ahmedov chindan aybdor. Baxtiyor Azamovich yarim himoyachi jarimaga tortilishi va o'yindan so'ng jamoa azolari bilan tartib-intizom masalasi bo'yicha yig'ilish o'tkazganini takidladi. Agarda shu xolat takrorlanadigan bo'lsa, keskin choralar ko'riladi. Ikkinchidan: maqola xolis yozilmagan. Muborakliklar ikkinchi bo'limni "gazchilar" to'la ustunlikda o'tkazishganini etirof etishgan. Saytga joylangan videoda ham "Navbahor"ning ikki golidan tashqari faqatgina "Mashal" yaratgan vaziyatlar ko'rsatilibdi. 2:1 hisobida "Navbahor" g'alaba qozonayotgan vaqtda muallif hujumchimizning ikki metr masofadan gol ura olmagani, Azam Alievning chiroyli zarbasini ham videorolikka qo'shsa yaxshi bo'lar edi. CHunki muxlislarda bahsda faqatgina "Mashal" hujum qildi degan fikr paydo bo'lishi mumkin.  

To'rtinchi vaziyat! (Jiyamurodovning inobatga olinmagan goli) Bu vaziyatni futbol mutaxassislari va jamoa xodimlari bilan ko'rib chiqqanimizdan so'ng yon xakam to'g'ri qaror qabul qildi degan xulosaga keldik. CHunki raqib zarba yo'llangan vaqtda darvozabonimiz Akmal Ortiqovga "Mashal" hujumchisi to'p yo'nalishini ko'rishga xalaqit qilgan. Kimdir bu vaziyatga shubxa bilan qarasa, futbol qoidalari bilan tanishib chiqishi mumkin. Ofsayd xolati to'g'ri qayd qilingan, etirozga asos yo'q.

"Mashal" xodimlari hakamlarga to'xtalishgan ekan, nima uchun birinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shilib, jamoalar 10 daqiqaga yaqin maydonda harakat qilishgani yoki ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shilib, 6 daqiqaga atrofida futbol davom etganini maqolada ko'rsatishmadi? Ikkinchi taymga qo'shib berilgan daqiqalar tugasa ham mezbonlar burchak to'pi va jarima zarbasini ijro etish imkoniga ega bo'lganliklarini "Mashal" xodimlari nima uchun maqolada aks ettirishmadi?

So'z o'rnida shuni aytmoqchimizki, agarda "Navbahor"ning hakamlarga etirozi bo'lsa, futbol federaciyasiga shikoyat bilan murojaat qilgan bo'lar edi. "Navbahor" aybni referilardan qidirmaydi! "Lochinlar" ochkolarni maydonda qozonishni istashadi! Uchrashuvni videoyozuvini ko'rib chiqqanimizda sariq kartochka ko'rsatish, jarima to'plari belgilash va boshqa vaziyatlarda jami 18 bor "Mashal" foydasiga qaror chiqarilganiga amin bo'ldik. Agarda muborakliklar xodimlari ushbu vaziyatni ham muxokama qilishni hoxlashsa va buni muxlislarga etkazmoqchi bo'lishsa, biz ularga bu xolatlarni daqiqalarigacha ko'rsatib yuborishimiz mumkin. Lekin, bularning barchasini saytga joylab, ortiqcha bahs-munozarlar keltirib chiqarishni lozim topmadik. CHunki "Navbahor" kim kuchliligini maydonda isbotlaydigan jamoa!

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика