So’nggi yangiliklar

02:55Париж-2024. Франция Мисрни енгиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  5 01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  0 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  7 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  2 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  16 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  2 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  10 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  2 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3

"Navbahor": O'smirlarimiz finalga chiqishdi Yangiliklar

"Navbahor": O'smirlarimiz finalga chiqishdi

Teglar :  Navbahor
SHu kunlarda Xorazm viloyatining Urganch shahrida 2000 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkazilmoqda.

Mazkur musobaqada Namangan viloyati sharafini himoya qilayotgan yosh “navbahorchilar” ishonchni oqlashmoqda. G'oliblik uchun sakkizta jamoa kuch sinashayotgan turnirda yoshlarimiz finalga chiqishga erishishdi. Rahim G'ofurov va Azam Rajabbaev murabbiyligidagi tarbiyalanuvchilarimiz kurashni “V” guruhida Xorazm, Jizzax viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasi terma jamoalariga qarshi uchrashuvlar bilan boshlashgandi. Garchi dastlabki o'yinda Jizzax viloyati terma jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyat boy berilgan bo'lsada, keyingi uchrashuvlarda ijobiy natijalar qayd etildi. Avvaliga Qoraqalpog'iston Respublikasi terma jamoasi 5:0, so'ngra Xorazm viloyat termasi esa 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratildi. Natijada yoshlarimiz guruhda birinchi o'rinni band etishdi. Ikkinchi o'rin esa mezbonlar termasiga nasib etdi.

“A” guruhida esa Buxoro, Qarshi, Navoiy va Toshken viloyati terma jamoalari yarim final yo'llanmasi uchun bahslarga kirishishgandi. Guruh bosqichi yakuniga ko'ra Toshkent viloyati terma jamoasi birinchi, Buxoro viloyati vakillari esa ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Aynan dastslabki o'rinlarni egallagan terma jamoalar kurashni yarim finalda davom ettirishga muvaffaq bo'lishdi. Yarim final uchrashuvlar esa bugun bo'lib o'tdi. Final yo'llanmasi uchun yoshlarimiz Buxoro viloyati vakillariga qarshi maydonga tushishdi. Uchrashuv davomida tarbiyalanuvchilarimiz raqibga qaraganda faolroq tarzda to'p surib, yakunda 5:1 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritishdi. Ikkinchi yarim finalda Xorazm va Toshkent viloyati o'smirlari o'zaro bahs olib borishdi. O'yinda 1:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritgan xorazmliklar ham finalda qatnashish huquqini qo'lga kiritishdi. Musobaqaning hal qiluvchi o'yini ertaga soat 10.30da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика