So’nggi yangiliklar

13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  2 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  1 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  2 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  4 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  9 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5

“Navbahor”: "Oq-tepa"ga yutqazdik, Doniyor Usmonov jamoadan ketdi Yangiliklar

“Navbahor”: "Oq-tepa"ga yutqazdik, Doniyor Usmonov jamoadan ketdi

Rejaga ko'ra bugun “Navbahor” futbolchilari mavsumga tayyorgarlik jarayonidagi navbatdagi nazorat o'yinida birinchi liga vakili “Oq-tepa” klubi bilan kuch sinashishdi.
“Oq-tepa” jamoasiga qarashli maydonda bo'lib o'tgan uchrashuvning birinchi bo'limida hisob ochilmadi. Tanaffusdan keyin “Oq-tepa” jamoasi hisobni ochishga erishdi. Aynan ushbu gol o'yin taqdirini hal qildi. Uchrashuvni “Navbahor” quyidagi tarkibda o'tkazdi: Xurshid Xo'jaev, Yuriy Rijko, Bobir Akbarov, Alisher Samatov, Rahmatillo Berdimurodov, Alisher Mahmudov, Dilshod Jabborov, Otabek Valijonov, Sanat SHixov, Sunnatilla Mamadaliev, Mo'ydin Mamazulumov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Ilhom Boydedaev, Azim Ahmedov, Botir To'raboev, Timur Kagirov, Robbim Hasanov, Azamat Bobojonov, Muhammad Rasulov.

“Oq-tepa”ga qarshi uchrashuvda anchadan beri jarohat tufayli maydonga tusha olmayotgan Azim Ahmedov nihoyat maydonga qaytdi. Jamoaga moldovalik posbon Aleksandr Melenchuk taklif etilganligi bois o'tgan mavsumda “Navbahor” sharafini himoya qilgan Doniyor Usmonov bilan xayrlashildi. Usmonov navbatdagi mavsumni boshqa jamoa safida o'tkazadigan bo'ldi. Usmonovning keyingi faoliyatini muvaffaqiyatli kechishini tilab qolamiz.

Jamoa navbatdagi nazorat o'yinini 1 mart kuni Jizzaxning “So'g'diyona” klubiga qarshi o'tkazadi. Mazkur uchrashuvdan keyin Toshkent yig'ini yakuniga etadi. 4 martdan esa mashg'ulotlar Namanganda davom ettiriladi.

Mavsumga tayyorgarlikni Namanganda davom ettirayotgan yoshlar ham navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishdi.

Bu safargi o'yinda futbochilar “Qo'qon-1912” jamoasi yoshlari bilan kuch sinashishdi. “Navbahor-Umid” futbol maktabi maydonida bo'lib o'tgan uchrashuvda yoshlarimiz 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. G'alaba gollariga Azizbek Sayfiddinov (pen.) va Ilhom Alibaevlar mualliflik qilishdi. Yoshlar ertaga birinchi liga vakili “Yozyovon” jamoasi bilan mehmonda kuch sinashishadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика