So’nggi yangiliklar

23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  0 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  4 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6

"Navbahor" oliy liganing daslabki ikki turini bosh murabbiysiz o'tkazadi Yangiliklar

"Navbahor" oliy liganing daslabki ikki turini bosh murabbiysiz o'tkazadi

Bu yilgi taqvimga ko'ra, "Navbahor" oliy liganing dastlabki ikki uchrashuvini o'z maydonida o'tkazadi.
Namanganliklar avvaliga 14 martda "Mashal", keyin 20 mart kuni "Metallurg" bilan kuch sinashishadi. Keyin esa jamoa 4 aprelda "Neftchi" mehmoni bo'ladi. Yaxshi bilasiz, "Navbahor" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov bir paytning o'zida olimpiya terma jamoamiz bosh murabbiyi ham hisoblanadi.

Olimpiyachilarimiz 23-31 mart kunlari Bangladeshda o'tkaziladigan Osiyo chempionati saralash bosqichida ishtirok etishadi. Ungacha esa Vetnamga borib, ikkita o'yin o'tkazib qaytamiz. Bizga etib kelgan malumotlarga ko'ra, olimpiya terma jamoamiz 5 mart kuni Toshkentda yig'iladi va 8 martgacha shu erda mashg'ulot olib boradi. 9 mart kuni Vetnamga uchib ketishadi va 12/14 mart kunlari Vetnam terma jamoasiga qarshi nazorat bahsi o'tkazamiz.

Oliy ligada "Navbahor"1-tur o'yinini 14 martda o'tkazadi. SHu kuni Baxtiyor Ashurmatov Vetamda bo'lishini hisobga olsak, namanganliklar mavsumning ochilish o'yinida bosh murabbiysiz harakat qilishadi. Olimpiya terma jamoamiz Vetnamdan qaytib kelgach, futbolchilarga biroz dam beriladi va 20 mart kuni bu safar Bangladeshga uchib ketishadi. SHu kuni "Navbahor" o'z maydonida "Metallurg"ni qabul qiladi, ammo Baxtiyor Ashurmatov bu paytda Bangladeshda bo'ladi yoki bo'lmasa yo'lga otlanayotgan bo'ladi. Natijada "Navbahor" 2-turni ham bosh murabbiysiz o'tkazadi.

Muxlislar 3-turga kelib vodiy derbisini kuzatishadi. "Neftchi" o'z maydonida "Navbahor" bilan o'ynaydi. Mana shu o'yinga kelibgina Ashurmatov zaxira o'rindig'ida o'z joyini egallashi mumkin. Lekin bosh murabbiysiz qolgan "Navbahor" dastlabki ikki turni qanday o'tkazadi? Jamoa "Mashal" va "Metallurg" bilan kechadigan bahslarda Ashurmatovsiz qiynalib qolmaydimi? Umuman olganda, Ashurmatov yo'qligida natija uchun kim javob beradi? Demak, dastlabki ikki tur davomida shu kabi savollarga javob topsak ajab emas.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика