So’nggi yangiliklar

22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  0 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  5 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  6 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  2 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  3 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  7 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  7 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  11 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  19 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  6 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  4

"Navbahor": Odil Ahmedov yosh futbolchilar bilan uchrashdi Yangiliklar

"Navbahor": Odil Ahmedov yosh futbolchilar bilan uchrashdi

Bugun “Navbahor” o'yingohida Namangan futboli tarbiyalanuvchisi, ayni paytda Rossiyanng “Krasnodar” klubi azosi Odil Ahmedov yosh futbolchilar bilan uchrashdi.

O'yingohdagi majlislar zalida o'tkazilgan uchrashuvda Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Namangan viloyat hokimligining Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig'i Rasuljon Nizambaev, Namangan shahar hokimi, “Navbahor” futbol klubi prezidenti Bahodir Bekxodjaev, “Navbahor” futbol klubi vice-prezidenti Olimjon Qosimov va OAV vakillari ham qatnashishdi. Uchrashuv avvalida Namangan viloyat hokimi so'zga chiqib, yosh futbolchilarga kelgusida mamlakatimiz futbolida o'z o'rinlariga ega bo'lish uchun tinmay mehnat qilish lozimligi haqida gapirib, ular uchun barcha shart-sharoitlar yaratilayotganligini alohida etirof etdi. Kelgusida yosh avlod vakillarini futbol bilan munosib tarzda shug'ullanishlari uchun yangi-yangi sport inshootlarini barpo etilishini malum qildi
Uchrashuvda Namangan viloyat faxri bo'lgan Odil Ahmedovga Namangan shahrida faoliyat yuritayotgan 15-sonli futbol maktab-internati va “Navbahor-Umid” futbol maktabining iqtidorli tarbiyalanuvchilari o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi. Odil Ahmedov faoliyati davomida ro'y bergan qiziqarli voqealar haqida gapirib berdi. Uchrashuv so'nggida Ahmedov maydonga chiqib, yosh futbolchilarga to'p bilan ishlashdagi mahoratini namoyish etdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика