So’nggi yangiliklar

15:10Индонезия терма жамоаси футболчиларига Хитой устидан қозонилган ғалаба учун Rolex соатлари совға қилинди  2 14:22"Ливерпуль" 120 млн евролик иккинчи трансферини тайёрламоқда  2 13:56Майк Меньян АПЛ гранди сафига ўтишга яқин  1 13:25Ўзбекистон ЖЧда! Қувончли лаҳзалардан ФОТОГАЛЕРЕЯ  10 13:02Жоау Феликс собиқ клубига қайтмоқчи  1 12:30Ўзбекистон – Қатар ўйинини хитойлик ҳакамлар бошқариб боради  18 12:02ПСЖ "Бавария"дан 50 млн еврога ўйинчи харид қилиши мумкин  0 11:25Роналдуга КЖЧ иштирокчиси сафига ўтиш таклиф қилинди  13 11:00“Фенербахче“ ТОП трансфер амалга ошириши мумкин  1 10:35“Арсенал“ дунёнинг энг қиммат дарвозабонини сотиб олишга яқин  0 10:13БМБ иккита легионери билан хайрлашди  0 09:48Неймар коронавирус юқтириб олди  6 09:22Олимпия терма жамоамиз Қирғиз Республикасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади  8 08:53Қатар терма жамоаси бугун Тошкентга келади  20 08:26Нодир Элибоев БМБ мураббийлигидан кетди, унинг ўрнига футзалимиз афсоналаридан бири бош мураббий бўлди  2

"Navbahor" nega kecha yolg'on malumot tarqatdi? Yangiliklar

"Navbahor" nega kecha yolg'on malumot tarqatdi?

Aleksey Belenkov va "Navahor" o'rtasidagi serial davom etadi.

Kecha "Navbahor" klubi rasmiy saytida FIFAdan hech qanday xat kelmagani haqida xabar chiqdi. Bugun PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev "Navbahor" aprel oyida ham, 20 iyul kuni ham FIFAdan xat kelganini elon qildi.

Championat.asia sayti "Navbahor"ni imkon qadar tezroq ogohlantirib ushbu chigal vaziyatdan chiqib ketish uchun muammoni chop etganidan keyin bir kun davomida "Navbahor" FK saytimizga qarshi raddiya yozish bilan ovora bo'ldi. FIFA belgilagan 30 kun muhlatning bir kuni bekorga o'tib ketdi. FIFAdan kelgan xat fotoshop qilingan degan fikrlar ham yangradi hatto. Biz hech bir klubga qarshi emasmiz, o'zbek futboli rivoji bizning saytimiz rivojiga tasir qiladi. Buni hech qachon unutmaslik kerak. Championat.asia ning maqsadi "Navbahor"ni ogohlantirish edi, aksar odamlar buni noto'g'ri tushundi. 16 iyul kuni "Navbahor" klubi "Surxon" bilan o'yin Toshkentga ko'chirilganini rasman tasdiqlanmay turib elon qilgani uchun PFLdan uzr so'ragan edi. Kechagi "asossiz xabar" uchun klub hech kimdan uzr so'ramasa ham mayli, Belenkov ishini tezkor hal qilishsa bo'lgani.

SILA vakillari 2019 yil dekabr va 2020 yil yanvar oyida "Navbahor" klubi sport direktori Abdumalik Umirzoqov bilan bog'lanib Belenkov borasida muzokara olib borishganini malum qilishdi. Murabbiyning yuristlari “Navbahor”ga 150 ming AQSH dollari to'lashni va barcha masala yopilishini malum qilishgan, ammo klub bunga etibor qilmaganidan keyingina Aleksey Belenkov FIFAga murojaat qilishga majbur bo'lgan ekan.

Xo'sh, Belenkov nima uchun shartnomani bekor qilishni so'ragan? Sababi klub murabbiyning 4 oylik maoshini berishni kechiktirgan. FIFA qoidalariga ko'ra agar klub futbolchi yoki murabbiyning 2 oydan ko'proq maoshini berishni kechiktirsa shartnomani bekor qilish borasida murojaat qilish mumkin. Belenkov mana shu banddan foydalangan.

Kecha 21 iyul kuni SILA kompaniyasi rasmiy saytida ham bu borada rasmiy xabar chiqdi.  


Yana bir masala, nima uchun FIFA yuborgan xat darhol "Navbahor" klubi pochtasiga etib bormagan bo'lishi mumkin? Har bir klubda TMS menejderi bo'lishi shart va u O'FA TMS menejeri orqali malumotlarni maxsus tizimga kiritishga masul hisoblanadi.

FIFA Transfer Matching System 2009 yil FIFA Kongressi tomonidan maqullangan va 2010 yil 1 oktyabrdan majburiy etib belgilangan.

Tizimni ishga tushirishdan maqsad klublar va futbol associaciyalari o'rtasidagi boshqaruvni shaffofligi, samaradorligini oshirish bo'lgan.

Klub futbolchi sotganda ham, sotib olganda ham transferlar detallarini ko'rsatishi shart. Transfer tasdiqlanishi uchun barcha detallar kelishib olingan bo'lishi shart. Agar xalqaro transfer bo'lsa xalqaro sertifikat bo'lishi lozim.

O'zbekistonda barcha klublar TMS tizimini O'FA yordamida to'ldirishadi. Balki klublarimiz professional darajaga o'tib maxsus o'qitilgan TMS menejerlariga ega bo'lishni o'ylab ko'rishsa bo'larmidi. SHunda FIFA tomonidan yuborilgan har qanday xat to'g'ridan-to'g'ri klubga kelib tushaveradi.

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика