"Navbahor" - "Neftchi" o'yinida Ravshan Ermatov ishlaydi

Narzulla Saydullayev
11 avg 2015, 13:30
18-turning markaziy o'yini "Navbahor" va "Neftchi" o'rtasida bo'lib o'tadi.

PFL ushbu bahsga FIFA hakami Ravshan Ermatovni tayinladi. Bu mavsumda Ermatov ikkala jamoaning uchtadan o'yinida ishladi. E'tiborlisi birinchi davrada ushbu jamoalarning Qo'qonda kechgan uchrashuvida ham aynan Osiyoning 5 karra eng yaxshi hakami faoliyat olib borgan edi. O'shanda "Neftchi" 1:0 hisobida zafar quchgandi.

"Neftchi" Ermatov boshqargan qolgan ikki bahsda yutqazgan - "Nasaf"ga 0:1 va "Sho'rtan"ga 1:4. "Navbahor" bu mavsumda ushbu hakam boshqargan uchala o'yinda ham yutqazgan - "Andijon"ga 2:3 va "Lokomotiv"ga 1:5. 

Vodiy derbisi 15 avgust kuni Namangandagi "Markaziy" stadionda bo'lib o'tadi.

Navbahor (Namangan) - Neftchi (Farg'ona)
Hakamlar
:  R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
O'zPFL vakili: F. Magametov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia