So’nggi yangiliklar

14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  0 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  6 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8

"Navbahor" murabbiylar shtabiga uch nafar yangi mutaxassis qo'shildi Yangiliklar

"Navbahor" murabbiylar shtabiga uch nafar yangi mutaxassis qo'shildi

Xabaringiz bor, “Navbahor” so'nggi o'yinlarda omadsizlikka uchradi. Albatta, jamoaning bunday salbiy natijalari klub rahbariyatini qoniqtirmasdi.

SHu bois, “lochinlar”ning murabbiylar shtabi kengaytirilib, yangi mutaxassislar qo'shilishdi. Jamoamizning murabbiylar shtabidan Grigoriy Kolosovskiy, Augustin CHirica va Anton Mayeranov o'rin olishdi.

Ushbu mutaxassislar borasida batafsilroq to'xtaladigan bo'lsak, Grigoriy Kolosovskiy 1971 yili 28 iyunda Toshkent shahrida tug'ilgan.

Futbolchilik faoliyati davomida hujumchi ampluasida to'p surgan hamda “CHirchiq” (CHirchiq), “Sverdlovec” (Toshkent), “Yangier” (Yangier) va “Traktor” (Toshkent) jamoalarida o'ynagan.

Murabbiylik faoliyatini 2012 yili “Paxtakor”da boshlab, shu kungacha Samvel Babayan hamda Viktor Jalilov bilan birgalikda “Spartak” (Yurmala, Latviya), “Lokomotiv” (Toshkent) va “CHanchun Yatay” (Xitoy) klublari hamda O'zbekiston milliy terma jamoasida faoliyat yuritgan. Kolosovskiy endi yana Jalilov bilan birga ishlaydigan bo'ldi.

Augustin CHirica esa 1975 yil, 10 oktyabrda Ruminiyaning Slatina shahrida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida yarim himoyachi poziciyasida to'p tepgan va asosan Ruminiya klublari, shuningdek, Ukrainaning “Karpati” hamda “Spartak Ivano-Frankovsk”, Isroilning “Xapoel Beer-SHeva” jamoalarida ham o'ynagan. Murabbiylik faoliyatini Ruminiyaning “Olt” klubida boshlagan. U yurtimizning “Bunyodkor” (Toshkent), “So'g'diyona” (Jizzax) va “Buxoro” (Buxoro) jamoalari, bundan tashqari, O'zbekiston milliy terma jamoasida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida faoliyat olib borgan.

CHirica endi “Navbahor”da futbolchilar bilan jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ish olib boradi.

Anton Mayeranov 1984 yilning 18 dekabrida Toshkent shahrida tug'ilgan. Sobiq darvozabon. Futbolchilik faoliyati davomida “Traktor” (Toshkent, 2002-2005 yilning 2-davrasi, 2006 yil), “SHo'rtan” (G'uzor, 2006 yilning

1-davrasi), “Mashal” (Muborak, 2007 yil), “Qizilqum” (Navoiy, 2008-2009 yillar), “Lokomotiv -2” (Rossiya, 2010 yil) jamoalari darvozasini qo'riqlagan.

Murabbiylik faoliyatini 2017 yili AGMK (Olmaliq) klubida boshlab, mazkur jamoada ikki yil ishlagan. Keyinchalik “Lokomotiv” (Toshkent, 2019 yil) va “CHanchun Yatay” (Xitoy, 2020 yil) jamoalarida faoliyat yuritgan.

Mayeranov bundan buyon “Navbahor”da darvozabonlar murabbiyi Pavel Sinelnikovga yordam beradi.

Mazkur murabbiylar “lochinlar”ning bugun kechki payt “Markaziy” o'yingoh zaxira maydonida bo'lib o'tgan mashg'ulotida bosh murabbiy Viktor Jalilovga yordam berishdi.

Biz jamoamizning murabbiylar shtabidan o'rin olgan ushbu mutaxassislarga jamoamizdagi faoliyatlarida omad yor bo'lishini tilab qolamiz", - deb yozadi “Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: -22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика